Bahlul Loʻdiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bahlul Loʻdiy
Loʻdiylar sulolasi asoschisi
Dehli sultonligi sultoni
Bahlulshoh gʻoziy

Bahlul Loʻdiyning billon tangasi (80 ratti)
Loʻdiylar sulolasining 1-sultoni
& 29th Dehli sultoni
Saltanat 1451-yil 19-aprel – 1489-yil 12-iyul
Coronation 1451-yil 19-aprel
Oʻtmishdoshi Olamshoh
Davomchisi Iskandar Loʻdiy
Turmush oʻrtogʻi Shams Xotun
Bibi Ambha
Farzandlari Iskandar Loʻdiy
Barbakshoh
Toj Murassa
Olamxon
Toʻliq nomi
Bahlulxon Loʻdiy bin Malik Qalʼaxon Loʻdiy bin Malik Bahramxon Loʻdiy
Ota sulolasi:

Asos solgan sulolasi:
Loʻdiylar qabilasi

Loʻdiylar sulolasi
Otasi Malik Qalʼaxon Loʻdiy
Dini Sunniylik

Bahlulxon Loʻdiy (forscha: بهلول لودی ; 1489-yil 12-iyul) afgʻon loʻdiy qabilasining boshligʻi[1]. Oldingi Sayidlar hukmronligidan soʻnggi daʼvogar taxtdan voz kechishi bilan[2] Dehli sultonligida Loʻdiylar sulolasining asoschisi[3]. Bahlul 1451-yil 19-aprelda[4] (hijriy 855) sulolaning sultoni boʻldi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bahlulning bobosi Malik Bahromxon Loʻdiy, Loʻdiy qabilasining Gilzoyi qabila boshligʻi boʻlgan. Keyinchalik u Moʻltan hokimi Malik Mardan Davlat qoʻl ostida xizmat qildi. Bahromning jami beshga yaqin oʻgʻli boʻlgan. Uning toʻngʻich oʻgʻli Malik Sultonshoh Loʻdiy keyinchalik Sayyidlar sulolasi hukmdori Xizrxon qoʻl ostida xizmat qilgan va jangda keyingi eng ashaddiy dushmani Mallu Iqbolxonni oʻldirib jasorat koʻrsatgan. U Islomxon unvoni bilan taqdirlandi va 1419-yilda Sirhind hokimi etib tayinlandi. Malik Sultonning kenja ukasi Malik Qal’axon Loʻdiyning oʻgʻli Bahlul Malik Sultonning qiziga uylangan edi[5][6].

Bahlul yoshligida ot savdosi bilan shugʻullangan va bir vaqtlar oʻzining zoʻr otlarini Sayyidlar sulolasi Sulton Muhammadshohga sotgan. Toʻlov sifatida unga pargʻona berildi va amir maqomiga koʻtarildi. Malik Sulton vafotidan keyin Sirhind hokimi boʻldi. Unga Lohurni oʻz mas’uliyatiga qoʻshishga ruxsat berildi. Bir kuni Malva sultoni Mahmud Xalji uning hududiga bostirib kirganida Sulton Muhammadshoh Bahluldan yordam soʻraydi. Bahlul 20 ming otliq askar bilan Muhammadshoh qoʻshiniga qoʻshildi. U oʻzining zukkoligi bilan oʻzini Malva sultoni qoʻshinlari ustidan gʻolib deb koʻrsatishga muvaffaq boʻldi va Sulton Muhammadshoh unga Xoni xonon unvonini berdi. Shuningdek, u Bahlulning Panjobning katta qismini bosib olishini qabul qildi[5][6].

1443-yilda Bahlul Dehliga hujum qildi, ammo muvaffaqiyat qozona olmadi. Oxirgi sayyid hukmdori Sulton Olamshoh davrida Bahlul 1447-yilda Dehlini egallashga yana muvaffaqiyatsiz urinish qildi. 1448-yilda Olamshoh Badaunga nafaqaga chiqqanida, Olamshohning vaziri Hamidxon uni Dehli taxtini egallashga taklif qiladi. Olamshoh taxtdan ixtiyoriy ravishda voz kechgach, Bahlulshoh 1451-yil 19-aprelda Dehli taxtiga oʻtirdi va Bahlulshoh gʻoziy unvonini qabul qildi. Olamshoh 1478-yilning iyulida vafotigacha Badaunda yashashni davom ettirdi[5][6].

Hukmronliki[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bahlul Loʻdiy 1479-yilda Jounpur sultonligini (Sharqislar sulolasi) bosib oldi.

Bahlul taxtga oʻtirgandan soʻng Hamidxondan qutilishga qaror qildi. Uning amakivachchasi va qaynisi Malik Mahmudxon taxallusi Qutbuddinxon (Samana hokimi) Hamidxonni qamoqqa tashladi[6].

1479-yilda Sulton Bahlul Loʻdiy poytaxti Jounpur boʻlgan Jounpur sultonligini magʻlub etdi va qoʻshib oldi. U Jounpur shahrini mustahkamlab, uni bir necha masjid va madrasalar bilan qasabaga aylantirdi.

Bahlul oʻz hududlarida qoʻzgʻolon va isyonlarni toʻxtatish uchun koʻp ish qildi va oʻz mulkini Jounpur va Uttar-Pradeshning yuqori qismiga kengaytirdi. Xuddi avvalgi Dehli sultonlari singari, u Dehlini oʻz saltanatining poytaxti sifatida saqlab qoldi.

1486-yilda u oʻgʻli Babrakshohni Jounpur noibi etib tayinladi. Vaqt oʻtib, bu muammoli boʻlib chiqdi, chunki uning ikkinchi oʻgʻli Nizomxon (Iskandar Loʻdiy) vorisi etib tayinlandi va 1489-yil iyul oyida vafot etganida[7] hokimiyat uchun kurash boshlandi[manba kerak].

Uning qabri joylashgan joyi bahsli. Hindiston arxeologiya xizmati uzoq vaqtdan beri mashhur soʻfiy avliyo Nosiruddin Chirogʻi Dehli ziyoratgohi yaqinidagi binoni uning nomi bilan atalgan „Chirogʻ Dehli“ hududida Bahlul Loʻdiyning qabri sifatida belgilagan[8]. Boshqa tarixchilarning taʼkidlashicha, Loʻdiy bogʻidagi Shish Gumbod aslida uning qabri boʻlishi kerak[9].

Turmushlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bahlul Loʻdiy maqbarasi
Bahlul Loʻdiy maqbarasi ichidagi qabrlar.

Bahlul ikki marta uylangan:

  • Shams Xotun, Sulton Malikshoh Loʻdiyning qizi, uning birinchi amakivachchasi[manba kerak];
  • Bibi Ambha, hind zargarining qizi[manba kerak]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Bosworth, Clifford Edmund. The New Islamic Dynasties. Columbia University Press, 1996 — 304 bet. ISBN 978-0231107143. 
  2. Sengupta, Sudeshna. History & Civics 9. Ratna Sagar (P) Limited, 2008 — 126 bet. ISBN 9788183323642. 
  3. Asher, Catherine B.. India Before Europe. Cambridge University Press, 2006 — 116 bet. ISBN 9780521005395. 
  4. Sen, Sailendra. A Textbook of Medieval Indian History. Primus Books, 2013 — 122–125 bet. ISBN 978-9-38060-734-4. 
  5. 5,0 5,1 5,2 Majumdar, R. C. (ed.) (2006). The Delhi Sultanate, Mumbai: Bharatiya Vidya Bhavan, pp.134–36, 139–142
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 Mahajan, V. D. (1991, reprint 2007). History of Medieval India, New Delhi: S. Chand, ISBN 81-219-0364-5ISBN 81-219-0364-5, pp.245–51
  7. Al-BadāoniSULṬĀN BUHLŪL [IBN I KĀLĀ* LODĪ]“,. The Muntakhabu-'rūkh. 
  8. Delhi’s Valley of Kings The Tribune, 1 March 2004.
  9. Simon Digby, The Tomb of Buhlul Lodi, The Bulletin of SOAS, Vol. 38, No. 3, 1975, pp. 550–61.
Humkdorlik unvoni
Oldingisi
Oloviddin
Dehli sultoni
1451–1489
Keyingisi
Yangi sulola Loʻdiylar sulolasi
1451–1525