Bahia federal universiteti
Bahia federal universiteti | |
|
Universitet gerbi | |
Boshqa nomi |
UFBA |
|---|---|
| Shiori | portugalcha: Virtute spiritus, inglizcha: Virtue of the Spirit, |
| Turi | Davlat universiteti |
| Asos solingan sanasi | 1946-yil 8-aprel (eng qadimgi fakultet: Bahia tibbiyot fakulteti, 1808-yil 18-fevral) |
| Byudjeti | R$ 1,709,151,955.00 (2016)[1] |
| Rektori | João Carlos Salles Pires da Silva[2] |
| Vitse-rektor | Francisco José Gomes Mesquita |
| Fakultetlar | 1,768[3] |
| Talabalari | 27,549[3] |
| Bakalavriat | 24,075[3] |
| Magistratura | 3,474[3] |
| Aspirantura | 22,705[3] |
| Joylashuvi |
, , 12°59′37″S 38°31′13″W / 12.99361°S 38.52028°W |
| Kampusi | Shahar |
| Ranglari | Koʻk va oq |
| Veb-sayti | portal.ufba.br |
Bahia federal universiteti (portugalcha: Universidade Federal da Bahia, UFBA) – Salvador shahrida joylashgan davlat universiteti. U Bahia shtatidagi eng yirik universitet hisoblanadi.
Talabalar bu yerda taʼlim olish uchun kontrakt toʻlamaydilar, chunki universitet davlat tasarrufidadir. Universitetga kirish uchun ular har yili oʻtkaziladigan ENEM (Milliy oʻrta maktab imtihoni) testidan oʻtishlari kerak.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Universitet 1946-yil 8-aprelda 9155-sonli Farmon-qonun bilan tashkil etilgan. Dastlab Federal Bahia universiteti Tibbiyot maktabi va unga aloqador maktablar – Stomatologiya va Farmatsiya, shuningdek Falsafa, Iqtisodiyot, Huquq maktablari hamda Politexnika maktabi asosida shakllangan. Universitetning amalda ochilishi 1946-yil 2-iyulda boʻlib oʻtgan, bu tadbir mamlakatdagi eng qadimiy oliy taʼlim maskani – Iso Masih ziyoratgohi qoshidagi tibbiyot maktabida bo‘lib oʻtgan.
Oradan toʻrt yil oʻtib, universitet federal maqomga ega boʻlgan. 1950-yil 4-dekabrda hukumat 2234-sonli qonunni qabul qilib, Federal oliy taʼlim tizimini yoʻlga qoʻydi. Shundan beri universitet Bahia Federal universiteti deb ataladi. Bahia shtatida oliy taʼlim tarixi 1808-yildan boshlanadi. Oʻsha yili portugaliya qirollik qaroriga binoan mamlakatdagi birinchi tibbiy taʼlim maskani – Bahia tibbiyot maktabi tashkil etilgan. Keyinchalik unga quyidagilar qoʻshilgan: Farmatsiya maktabi (1832), Tasviriy sanʼat maktabi (1877), Huquq maktabi (1891), Politexnika maktabi (1897), Iqtisodiyot maktabi (1905), Falsafa, fanlar va adabiyot maktabi (1943), Kutubxonachilik maktabi (1942). Bularning barchasi 1946-yildan boshlab universitet tarkibiga fakultet sifatida kiritilgan.
Talabalar hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Universitetda 57 ta bakalavriat, 82 ta magistratura va 100 dan ortiq aspirantura dasturlari mavjud. UFBA Braziliyadagi eng qadimgi universitetlardan biri boʻlib, uning kampuslari Bahia poytaxti Salvador shahri va janubi-gʻarbda, Vitória da Conquista shahrida joylashgan[4].
2008-yilda universitetda uchta kampus faoliyat koʻrsatgan. Bir oʻrin uchun oʻrtacha talabgorlar soni 6,2 nafarni tashkil qilgan[5]. UFBAning hamkorlik shartnomalari 32 ta mamlakat bilan tuzilgan (jumladan AQSh, Shvetsiya, Argentina, Janubiy Afrika, Yangi Zelandiya va boshqalar)[6].
Taniqli bitiruvchilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gilberto Gil – musiqachi
- Milton Santos – geograf
- Wagner Moura – aktyor
- Ananda Nahu – rassom
- Caetano Veloso – musiqachi
- Raul Seixas – musiqachi
- Julio Licinio – psixiatr va olim
- Carlos Marighella – siyosatchi
- Jean Wyllys – siyosatchi
- Norberto Odebrecht – muhandis
- Jaqueline Goés de Jesus – olim
- Eliana Calmon – Braziliya Oliy Adliya sudining (STJ) birinchi ayol aʼzosi
- Ana Rita Santiago – akademik va yozuvchi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „UFBA em numeros“. Qaraldi: 2017-yil 29-noyabr.
- ↑ „Reitoria | Universidade Federal da Bahia“. 2016-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-aprel.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Relatório de Administração“ (pt). UFBA (2010). 2010-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-mart.
- ↑ UFBA courses and history
- ↑ UFBA statistics (in English, Portuguese, Spanish) (Wayback Machine saytida 2010-03-21 sanasida arxivlangan)
- ↑ Cooperation Agreements – UFBA (Wayback Machine saytida 2008-05-27 sanasida arxivlangan)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda Bahia federal universiteti haqida turkum mavjud |
