Bahar-e-Shariat
|
Kitob muqovasi | |
| Asl nomi | بہارِ شریعت |
|---|---|
| Muallif(lar) | Ahmad Rizoxon Barelviy va Amjad Ali Aazmiy |
| Mamlakat |
Hindiston Pokiston |
| Til | urdu, ingliz, hind tillari |
| Nashr etilgan sanasi | 1929-yil |
Bahar-e-Shariat (urducha: بہارِ شریعت; 1939) – Hanafiylik mazhabiga koʻra islomiy fiqh (huquqshunoslik) sohasidagi ensiklopediyadir. 20 jilddan iborat bu asarning dastlabki 17 jildini Ahmad Rizoxonning shogirdi Amjad Ali Aʼzamiy yozgan. Qolgan uchta jild esa uning vafotidan soʻng shogirdlari tomonidan toʻplangan. Kitob sodda urdu tilida yozilgan boʻlib, 11 624 mavzuni oʻz ichiga oladi[1][2].
Kitobda aqida, namoz, tahorat, roʻza, zakot va haj kabi mavzular boʻlimlarga ajratilgan. Ikkinchi qismda taloq va xula (ajralish turlari), savdo, kufr ifodalari kabi masalalar yoritilgan. 14-jilddan 20-jildgacha boʻlgan boʻlimlar kitobning uchinchi qismida jamlangan boʻlib, ular meros, qasos, diya kabi mavzularni qamrab oladi. Asar inson hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab olgan. Kitob Hindiston va Pokistondagi turli nashriyotlar tomonidan nashr etilgan. Ilyos Qodiriy asos solgan Davat-e-Islamiy tashkiloti uni raqamlashtirish ustida ish olib borgan[3].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Moulana Mohammad Iliyas Attar Qadri. Method of Salah. TANVEER AHMED — 123–-bet. GGKEY:41U7ZHH6L4N.
- ↑ Rahman, Tariq (2008). "Language, Religion and Politics". Revue des Mondes Musulmans et de la Méditerranée (124): 93–112. doi:10.4000/remmm.6019. https://remmm.revues.org/6019.
- ↑ Alam, Arshad (2009). "Contextualising Muslim Identity: Ansaris, Deobandis, Barelwis". Economic and Political Weekly 44 (24): 86–92.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vikiomborda „Bahar-e-Shariat“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.- Bahar-e-Shariatni yuklab olish
- Online oʻqish yoki PDF yuklab olish (urdu tilida)