Kontent qismiga oʻtish

Bagama orollarida islom

Vikipediya, erkin ensiklopediya


Bagama orollari asosan xristian mamlakat boʻlib, unda musulmonlar ozchilikni tashkil etadi. Mamlakatning konstitutsiyasi dunyoviy xarakterga ega boʻlganligi sababli, musulmonlar bu yerda oʻz dinlarini targʻib qilish va ibodat joylarini qurish erkinligiga ega. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar Bagama aholisining 1 foizidan kamrogʻini tashkil etadi.

Mamlakatdagi dastlabki musulmon aholi vakillari Shimoliy Afrikadan qul sifatida olib kelingan edi[1]. 1970-yillarda bir necha bahamamlik talaba chet elda taʼlim olish jarayonida Islomni qabul qildi va diniy amaliyotlarni davom ettirish uchun vataniga qaytib keldi[2].

Mamlakatda Nassau shahrida joylashgan Jameʼ Ahlus ahli Sunna Bagama masjidi hududdagi yagona masjiddir[3].

  1. Ansari. „Masjid in the Bahamas“. Caribbean Muslims (2009-yil 10-aprel). Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  2. „History of Islam in the Bahamas“. Jamaa' Ahlus Sunnah Bahamas (Jamaat-ul-Islaam Bahamas). 2021-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  3. Ansari. „Masjid in the Bahamas“. Caribbean Muslims (2009-yil 10-aprel). Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.