Kontent qismiga oʻtish

Bagʻdodning bosib olinishi

Koordinatalari: 33°21′N 44°25′E / 33.35°N 44.42°E / 33.35; 44.42
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bagʻdodning bosib olinishi
Usmoniylar–Safaviylar urushining bir qismi (1532–55)
Sanalar 1534-yil dekabr[1]
Urush yeri Bagʻdod viloyati, Safaiylar Eroni (hozirgi Iroq)
33°21′N 44°25′E / 33.35°N 44.42°E / 33.35; 44.42
Natija Usmoniylarning gʻalabasi
Qoʻmondonlar
Safaviylar imperiyasi Usmoniylar imperiyasi

1534-yilda Usmoniylar sultoni Sulaymon I Safaviylar hukmdori Tahmosb I dan Bagʻdod shahrini hech qanday qarshiliksiz tortib oldi, chunki Safaviylar hukumati aʼzolari qochib ketib, shahar mutlaqo mudofaasiz qolgan edi[2]. Bu yutuq Dajla va Furot daryolari ustidan nazorat oʻrnatish hamda ularning xalqaro va mintaqaviy savdosiga hukmronlik qilish imkonini berdi[3]. Shuningdek, 1546-yilda Basraning qoʻlga olinishi bilan bir qatorda quyi Mesopotamiya va daryolarning quyilish qismlari ustidan ham nazoratni mustahkamlab, Fors koʻrfaziga chiqish yoʻlini ochdi[4]. Usmoniylar 1535-yilgacha Bagʻdodda qishlab, Safaviylar tomonidan vayron qilingan sunniy diniy obidalarni tiklash va qishloq xoʻjaligi sugʻorish tizimlarini qayta yoʻlga qoʻyishni boshladilar[2]. Shundan soʻng Sulton Sulaymonning oʻzi Istanbulga qaytdi va shaharda kuchli garnizon qoldirdi. Keyingi 10 yilliklarda Usmoniylar Bagʻdod ustidan oʻz hukmronligini mustahkamlab, uni imperiya tarkibiga qoʻshib oldilar, biroq 1623-yilda shahar yana forslar qoʻliga oʻtdi[2].

  1. Jaques, Tony. Dictionary of Battles and Sieges: A Guide to 8,500 Battles from Antiquity Through the Twenty-First Century. Westport, Connecticut: Greenwood Press, 2007 — 95-bet. ISBN 978-0-313-33537-2. 
  2. 2,0 2,1 2,2 World and Its Peoples: The Middle East, Western Asia, and Northern Africa. London: Marshall Cavendish, 2006 — 193-bet. ISBN 0-7614-7571-0. 
  3. Masters, Bruce Alan. Encyclopedia of the Ottoman Empire. New York: Facts on File, 2009 — 280, 428-bet. ISBN 978-0-8160-6259-1. 
  4. Matthee, Rudolph P.. The politics of trade in Safavid Iran: silk for silver, 1600-1730. Cambridge, UK: Cambridge University Press, 1999 — 17-bet. ISBN 0-521-64131-4.