Badruddin samovuniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Badruddin samovuniy (? -1420) – tasavvuf olimi, qoziaskar. Saljuqiylar naslidan. Bir necha yil Misr sultoni Barquqqa dars bergan. Amir Temur Turkiya sultoni Boyazid I Yildirimga qarshi lashkar tortib Tabrizga kelganida B. S. uning huzurida ulamolar hal qilolmagan masalani hal qilib berib katta eʼtibor qozongan. Anqara jangidan soʻng, B. S. Turkiyadagi Edirne shahri hokimi tomonidan qoziaskar etib tayinlangan. Ammo, tez orada xalqni isyonga chorlagani uchun qatl qilingan. U fiqx va tasavvufga oid "Jomi al-fusulayn" ("Haq va botil toʻplami"), "Masarrat al-qulub" ("Qalblar sururi"), "Latoif al-ishorat" ("Ishora nafosati") kabi bir qancha asarlar yozgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil