Badriddin Samarqandiy Muhammad ibn Bahrom Qalonisiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Badriddin Samarqandiy Muhammad ibn Bahrom Qalonisiy (? — taxminan 1194) — mashhur tib olimi. Samarqandda tugʻilib, shu yerda ijod etgan. U Ibn Sino va Abu Bakr yar-Roziy kabi buyuk olimlar ilmiy asarlarini mutolaa qilgan. Ibn Abi Usaybiʼaning "Uyun alanbo fi tabaqot al-atibbo" ("Tabiblar tabaqalari haqida maʼlumotlar bulogʻi") nomli asarida Badriddin Samarqandiyning mashhur tabib ekanligi tilga olinadi. Badriddin Samarqandiyning murakkab dorilarga bagʻishlangan "Qarobodin" ("Murakkab dorilar haqida kitob", yaʼni "Farmakopeya") nomli asari 49 bobdan iborat boʻlib, unda murakkab dorilarni tayyorlash jarayoni taʼriflangan. "Qarobodin" Badriddin Samarqandiy yashagan davrda va undan soʻng ham tabiblar, ayniqsa, dorishunoslar uchun dasturilamal vazifasini oʻtagan. Asarning XVI asrda koʻchirilgan bir qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda (inv. № 3925).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil