Gipertrixoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Badanni ortiqcha jun bosishidan yoʻnaltirildi)

Gipertrixoz (giper... va yun. thrichos— soch), badanni ortiqcha jun bosishi, sertuklik — endokrin bezlar funksiyasining buzilishi natijasida badanni qalin tuk (jun) qoplashi yoki mutlaqo tuk boʻlmaydigan joylardan tuk chiqishi. Tugʻma va orttirilgan G. boʻladi, bolaning kafti, tovoni, oyoqqoʻl barmoqlarining ichki tomonidan tashqari, badanning hamma qismi mayin, uzun, nozik tuk bilan qoplanadi. Tuklar bir joyda (mahalliy, mas, yuzda) yoki badanning hamma qismida (tarqoq) uchrashi mumkin. Ichki sekresiya bezlari faoliyatining buzilishi, shuningdek, issiq, mexanik va kimyoviy taʼsirotlar natijasida badanning maʼlum bir joyida tuklar koʻp oʻsadi. Butun badanning sertukligi, tabiatan kishi konstitutsiyasiga (mas, janubdagi baʼzi xalqlar sertuk boʻlishi) ham bogʻliq. Ustki lab, lunjlar, baʼzan engak va boʻyinda dagʻal tuk (soqol-moʻylov) oʻsishi mumkin (qarang Girsutizm); baʼzan balogʻatga yetish yoki klimakteriya davrida ham kuzatiladi. G. yaqqol namoyon boʻlib, kishi husnini buzsa, kosmetolog-shifokorga koʻrinish, agar unga biror kasallik sabab boʻlsa vaqtida davolatish zarur.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil