Badalbek nav (yangi) madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Badalbek nav (yangi) madrasasi
Joylashuv Buxoro
Turi madrasa
Xarita

Badalbek nav (yangi) madrasasi Zango‘lasozlar (Seso‘qi Oxund so‘fi) guzarida, bu ham 42 hujradan iborat bo‘lgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayrim tarixiy manbalarda Badalbek nav madrasasining yillik vaqf mablag‘i qirq ming tanga deb ko‘rsatilgan. Vaqf hujjati topilmagan bo‘lsa-da, uning nomi bitilgan boshqa baʼzi bir rasmiy hujjatlar mavjud. Jumladan, Buxoro qozikaloni mulla Mir Badriddin oliy hukmdorga shunday arz qilgan: „Badalbek nav madrasasi imomi qori mulla Mahmud mehriboni oliydan umidvor bo‘lib Gul bozori guzar masjidi imomi mulla Komilxojaning o‘rniga o‘tishni istaydi va mavloyimiz janobi oliyni sidqidildan ixlos birla behad duo qiladi. Maoshi uch tilla“. Ushba madrasada banoraspo‘sh mudarris dars o‘tgan. Yuqoridagi rasmiy ariza ushbu madrasa mudarrisiga emas, masjid imomiga tegishli bo‘lgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 207.