BMT kotibiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BMT kotibiyati — barcha organlar majlisi ishini texnik jihatdan taʼminlash, hisobotlarni eʼlon qilish va tarqatish, arxivlarni saqlash, tashkilotning rasmiy xujjatlari va axborot xujjatlari chaqirishni amalga oshiradi. BMT Bosh kotibiyati BMT aʼzolari tomonidan tuziladigan shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazadi. BMT kotibiyati xodimlari uch turkum: oliy maʼmuriy mansabdor shaxslar: Bosh kotib va uning oʻrinbosarlari; mutaxassislar sinfining xalqaro mansabdor shaxslari; texnik xodimlar (kotiblar, kurerlar)ga boʻlinadi. BMTda xozirgi kunda 16 ming kishidan koʻproq xodim bor. Xizmatga olish doimiy va muddatli shartnoma tartibida amalga oshiriladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik Ensiklopediyasi