Azotfiksatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Azot to‘plashdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Azotfiksatsiya, azot to‘plash – mikroorganizmlarning molekulyar azotni o‘zlashtirib, undan azotli birikmalar hosil qilish jarayoni. Asosiy azot to‘plovchi mikroorganizmlar tuganak bakteriyalardir. Ularga dukkaklilarda va boshqa o‘simliklar bilan simbioz yashab, at-mosfera azotini o‘zlashtiruvchi bakte-riyalar hamda ko‘k-yashil suvo‘tlar, azoto-bakter, aktinomitsetlar, klostridiyalar vakillari va boshqa tuproq bakteriyalaridan iborat erkin yashovchi mikroorganizmlar kiradi. Molekulyar azotni biologik o‘zlashtiruvchilardan ratsional foyda-lanish hosilni oshirishga va mineral o‘g‘itlardan tejamli foydalanishga im-koniyat yaratadi.Fransuz olimi J. Bussengo yuksak o‘simliklar, mas, dukkaklilar bilan sim-bioz holatda yashovchi azot to‘plovchilar ustida birinchi aniq tajribalar o‘tkazgan (1838). Ingliz olimlari G. Gelriger va G. Vilfart o‘z ilmiy ishlarida dukkakli o‘simliklar ildi-zidagi so‘galsimon o‘simtalar bilan o‘simlikning erkin azotni to‘plashi o‘rtasida bog‘liqlik borligini isbotlab berdilar (1888). 1866 yilda rus olimi M. S. Voro-nin tuganak to‘qimalaridagi mikroskop tanachalarni tavsiflab bergan. Golland mikrobiologi M. Beyerink 1888 yilda tu-ganak bakteriyalarni toza holda ajratib olgan. U tuganak bakteriyalar molekulyar azotni o‘zlashtirib, tuganaklar hosil qilishini asoslab berdi. Rus olimi S. N. Vinogradskiy 1893 yilda birinchi bo‘lib azot to‘plovchilarni toza holda ajratib olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu Clostridium pasteurianum deb atalgan spora hosil qiluvchi anaerob tayoqchalar edi (qarang Ana-eroblar). M. Beyerink 1901 yilda moleku-lyar azotni o‘zlashtirish qobiliyatiga ega bo‘lgan aerob bakteriya – Azotobacter ni kashf qiladi (qarang Aeroblar).Toza bakteriyalar gazsimon azotni o‘zlashtirmaydi. Bu jarayon faqat yuksak o‘simliklar bilan simbioz holatda yuz beradi. Bakteriyalar o‘simlik sintez qilgan organik birikmalar bilan, o‘simliklar esa o‘z navbatida tuganaklardagi bog‘langan azot birikmalari bilan oziqdanadi. Bo-glangan azot tuganaklardan aminokis-lota shaklida o‘simlikning yer ustki qismiga o‘tadi. O‘zlashtirilgan azotning bir qismi ildiz orqali tuproqqa o‘tadi. Unumli azot to‘planishini ta’minlovchi dukkakli o‘simliklar bilan tuganakli bakteriyalar o‘rtasidagi munosabat ma’lum tadbirlar majmuasi (optimal na-mlik, yaxshi aeratsiya, temperatura, rN, harakatchan fosfor, kaliy, mikroelementlarning bo‘lishi va boshqalar) yordamida amalga oshadi. G‘o‘za – beda almashlab ekishda beda tuga-nak bakteriyalari har gektarda 100–150 kg azot to‘playdi.Ergash Ziyamuhamedov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil