Azoboʻyoqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Azobo‘yoqlardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search


Azobo‘yoqlar – molekulasida aromatik radikallar (ba’zi geterotsi-klik birikmalar)ni birlashtiruvchi bir yoki bir necha azoguruh bo‘lgan organik bo‘yovchi moddalar. Odatda A. tarkibiga muayyan sondagi aminoguruh, oksiguruh va boshqa guruhlar kiradi. Azoguruh soniga qarab mono-, di-, tri- va poliazobo‘yoqlar bo‘lishi mumkin. A. molekulasi tarki-bida auksoxromlar bo‘ladi. Azobirik-malarda esa auksoxromlar bo‘lmaydi. A. xilma-xilligi va sifati jihatidan bo‘yoqlar orasida birinchi o‘rinni egal-laydi. Ularni hosil qilish uchun, av-valo, aromatik aminlar dia-zotirlash reaksiyasiga kiritiladi. Bunda hosil bo‘lgan diazobirikmalarga, odatda aro-matik aminlar yoki fenollar ta’sir et-tirib, A. olinadi. A. kislotali, asosli, erimaydigan bo‘yoqlar va boshqalarga bo‘linadi. Bulardan tashqari, pigment A., lok A., moy va spirtda eriydigan A., atsetat ipagini bo‘yaydigan A. va boshqa bo‘ladi. A. to‘qimachilik sanoatida, lok-bo‘yoq, poli-grafiya, ko‘nchilik, qog‘oz, rezina sanoa-tida va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlatiladi (qarang Sintetik bo‘yoqlar).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil