Akmal Azizxoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akmal Abduazimovich Azizxoʻjayev (1936-yil 8-noyabr, Toshkent – 2008) – futbolchi, sport ustasi (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi (1992). 1954-yildan „Spartak“ futbol jamoasida oʻynagan. „Paxtakor“ jamoasi sardori va himoyachisi (1960-65 yillar). Buxoroning „Fakel“ (1966) hamda Nukusning „Amudaryo“ (1983) jamoalarida bosh murabbiy. 1996-yildan respublika oliy futbol maktabining direktori. Uning murabbiyligidagi Oʻzbekiston oʻsmirlar futbol terma jamoasi Osiyo chempionati musobaqalarida ishtirok etib (1994) Oʻrta Osiyo respublikalari orasida gʻolib chiqqan va final uchrashuvlarda qatnashgan[1][2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akmal futbolchilik faoliyati dastlab Buxorodagi mahalliy jamoada boshlagan. Keyinchalik Toshkent viloyatining „Sverdlovets“, Toshkentning „Spartak“ klublarida oʻynagan. 1956-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarkibiga oʻtdi va 9 yil davomida poytaxt jamoasi tarkibida oʻynagan. Faoliyatini soʻnggida „Buxoro“ klubida toʻp surgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng murabbiylik faoliyatini boshladi va bir qator jamoalar jumladan Aral samali jamoasiga bosh murabbiylik qilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akmal Azizxoʻjayev Footballfacts saytidagi futbolchi profili

Akmal Azizkhodzhaev Transfermarkt saytidagi futbolchi profili