Turgʻun Azizov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Azizov Turg‘un Tursunovichdan yoʻnaltirildi)
Turgʻun Azizov
Tugʻilgandagi ismi Turgʻun Tursunovich
Tugʻilgan sanasi 30-noyabr 1934-yil
Tugʻilgan joyi Toshkent Oʻzbekiston SSR
Vafot sanasi 22-yanvar 2024-yil(2024-01-22)
(89 yoshda)
Vafot joyi Toshkent Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Teatr Oʻzbek milliy akademik drama teatri
Mukofotlari O‘zbekiston SSR xalq artisti
Mehnat shuhrati ordeni

Turgʻun Tursunovich Azizov (ruscha: Азизов, Тургун Турсунович; 30-noyabr 1934, Toshkent – 22-yanvar 2024-yil, Toshkent[1]) – aktyor va rejissyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1974). Toshkent davlat sanʼat institutini tugatgach (1956), Hamza teatrida aktyor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aso-siy rollari: Ferdinand („Makr va 213muhabbat“), Ilyos („Sarvqomat dilba-rim“), Eydzi („Oʻgʻirlangan umr“), Mar-kTuysk („Oqpadar“), Niyoz („Nomaʼlum kishi“), Yoʻlchi („Qutlugʻ qon“), Gʻofir („Boy ila xizmatchi“), Edmund („Qirol Lir“), Ulugʻbek („Mirzo Ulugʻbek“), Amir Nasrullo („Nodirabegim“), Otello („Otello“) va boshqa Aktyorga katta shuhrat keltirgan roli „Oʻlimdan kuch-li“ spektaklidagi Monserradir. Kinoda Amir Olimxon („Gang uzra tong“), Ba-kir („Maftuningman“), Amir Nasrullo (Nodirabegim"), Ota Maqsumov („Uzoq-yaqin yillar“), Mirzakarimboy („Pa-rol – Regina mehmonxonasi“), Dadaboy („Qoʻqon voqeasi“, telefilm) kabi ob-razlar yaratdi. Liriko-dramatik va ro-mantik plandagi rollarni zoʻr ehtiros va joʻshqinlik bilan ijro etadi, qahramonlar harakterini ochishda til boyligidan ustalik bilan foydalanadi, oz harakatda koʻp maʼno anglatishga, qahramonining his-tuygʻulari, ichki kechinmalarini ta-biiy ifodalashga intiladi. Rejissyor sifatida „Mirzo Ulugʻbek“, „Alisher Navoiy“, „Mehrobdan chayon“, „Chimildiq“, „Mashrab“ (hammasi M. Abdullayeva bilan hamkorlikda) kabi spek-takllarni sahnalashtirdi.[2]

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Турғун Азизов вафот этди“ (2024-yil 22-yanvar).
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. Указ Президента Республики Узбекистан от 24 avgust 2001 года № УП-2921 «О награждении в связи с десятилетием независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просвещения, средств массовой информации общественных сфер
  4. Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 26 avgusta 2023 goda „O nagrajdenii v svyazi s tridsat vtoroy godovщinoy gosudarstvennoy nezavisimosti Respubliki Uzbekistan gruppi rabotnikov sfer nauki, obrazovaniya, zdravooxraneniya, literaturi, kulturi, iskusstva i sredstv massovoy informatsii“