Aziz nesin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aziz nesin (taxallusi; asl ismi Mahmud Nusrat) (1915, Istanbul – 1995, Izmir; Istanbulda dafn etilgan) – turk hajviy yozuvchisi, dramaturg, Nafis san’at akademiyasi (Istanbulda o‘qigan (harbiy ma’lumotga ham ega). "Marko posho" (1946) taraqqiyparvar hajviy gaz. va boshqa matbuot organlarida ishlagan. "Nuh kemasi" (1949) hajviy jurnal nashr etgan. Ko‘plab hajviy hikoya, poema va romanlar muallifi, siyosiy va ijtimoiy hajv ustasi. "Jinnilar ozod bo‘ldi", "Ishbilarmon odam", "Noziq va nafis", "Xudoga shukur" va boshqa asarlari siyosiy o‘tkir va dolzarb. Ularda yozuvchi jamiyat illatlarini fosh qiladi, kulgili vaziyat, xususiyat va holatlar orqali kishilarni beixtiyor o‘z nuqsonlaridan kulishga majbur etadi. A. N. asarlarining qahramonlari – ish axtarave-rib bezor bo‘lgan mayda amaldor, omad-siz ziyoli va qashshoq ishchi ("Yashasin kambag‘allik", "Maydon soatlari", "Xotin kishi bo‘lganimda-yu..." va boshqalar). "Shunday bo‘ldi, bunday bo‘lmaydi" avto-biografik qissasi, "Aziznoma" hajviy she’rlar va "Mamlakatlardan birida" hajviy hikoyalar to‘plamlari mavjud. Hajvchi yozuvchilar xalqaro tanlovlarida "Dafna chambari" olgan (1956, 1957). O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilarining Toshkent anjumanlari ishtirokchisi.Asarlari o‘zbek ("Musht ketdi", 1966; "Xushtak afandim", 1969; "Fut-bol qiroli", 1978 va hokazo) va boshqa tillarda nashr qilingan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil