Kontent qismiga oʻtish

Aziz Akbarjonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aziz Akbarjonov
Akbarjonov Aziz Akbarjon o‘g‘li
 Oʻzsanoatqurilishbank ATB Boshqaruvi raisi
 
Mansab davri
3-oktabr 2023-yildan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi Saxi Annaklichev
Oʻzbekiston futzal federatsiyasi vitse-prezidenti
Mansab davri
2024-yil 25-dekabrdan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Akbarjonov Aziz Akbarjon o‘g‘li

11-sentyabr 1985-yil (1985-09-11) (40 yosh)
Toshkent shahri
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Istiqomat joy(lar)i Toshkent
Oʻzbekiston
Taʼlim Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Maʼlumoti oliy

Akbarjonov Aziz Akbarjon oʻgʻli (1985-yil 11-sentyabr, Toshkent, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik iqtisodchi, bankir. Oʻzsanoatqurilishbank ATB Boshqaruvi raisi[1].

Aziz Akbarjonov 1985-yil 11-sentyabrda Toshkent shahrida ziyoli oilada tugʻilgan. 2008-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavr bosqichini, 2010-yil ushbu universitetning magistratura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U mehnat faoliyatini 2004-yilda Oʻzbekiston milliy banki Toshkent viloyat boʻlimi Korporativ mijozlar bilan ishlash boʻlimi 2-toifali mutaxassisi lavozimidan boshlagan.

„Oʻzsanoatqurilishbank“ ATBdagi mehnat faoliyatini esa 2018-yilda Loyiha boshqaruvi va ijro nazorati departamenti direktori sifatida boshlagan.

2019-yilning noyabr oyidan „Oʻzsanoatqurilishbank“ ATB Kredit direktori (CCO), 2020-yilning yanvar oyidan boshlab esa Kredit bosh direktori lavozimiga tayinlangan.

2020-yilning may oyidan 2023-yilning oktyabriga qadar Akbarjonov Aziz Akbarjon oʻgʻli „Oʻzsanoatqurilishbank“ ATB Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2023-yilning 3-oktabrda „Oʻzsanoatqurilishbank“ ATB Boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlangan[2].

2024-yil 25-dekabr kuni Aziz Akbarjonov Oʻzbekiston futzal federatsiyasi vitse-prezidenti etib saylangan[3].