Shahnoza Azimova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Azimova Shahnoza Sodiqovnadan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Shahnoza Sodiqovna Azimova (1951.8.8, Toshkent) – O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi (1999). Biol. fanlari doktori (1988), professor (1993). Toshkent davlat universitetining kimyo fakultetini bitirgan (1972). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi institutida laborant, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim (1972–79), O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Biokimyo institutida ilmiy xodim (1979–92), 1992 yildan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Genetika va eks-perimental biologiya institutida molekulyar genetika laboratoriya mudiri. Ilmiy ishlari molekulyar biol., genetika, rekombinat oqsillar olishga oid. A. normal va rak holatida tireoid gormonlar reseptorlarini o‘rgangan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil