Sherali Azimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Azimov Sherali Azimovichdan yoʻnaltirildi)

Sherali Azimovich Azimov (1928– 1993) – gelmintolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1976), veterinariya fanlari doktori, professor (1972), Oʻzbekiston (hozirgi Samarqand) qishloq xoʻjaligi institutining veterinariya fakultetini tamomlagan. Oʻzbekiston veterinariya ilmiy tadqiqot instituti gelmintologiya laboratoriya mudiri (1957–64), institut direktori (1965 – 78). 1979-yildan Samarqand qishloq xoʻjaligi institutida professor Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda uchraydigan asosiy gelmintoz kasalliklarining epizootologiyasi, patogenezi, diagnostikasi va ularga qarshi kurash choralariga bagʻishlagan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil