Oqil Azimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Azimov Oqil Odilovichdan yoʻnaltirildi)

Oqil Odilovich Azimov (1946.21.5, Toshkent) – patent-axborot sohasidagi olim, ixtirochi. Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1998). Toshkent poli-texnika institutini (1968), Standartlash va metrologiya institutini (Moskva) (1978), Butun jahon intellektual mulk tashkiloti Akademiyasini (Jeneva) (1997) tu-gatgan. Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot institutida ishlagan (1970–92), Oʻzbekiston Respu-blikasi Davlat patent idorasi direk-tori (1992-yildan). Azimovning ilmiy ishlari patent-axborot tahlili va ilmiy-texnikaviy ijodkorlik sohalariga doir. Azimov rahbarligida intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish va undan foy-dalanishning davlat tizimini tuzish hamda rivojlantirish boʻyicha ishlar olib boriladi. Uning ixtirolari bir qator sanoat va suv xoʻjaligi obyektlariga tadbiq etilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil