Eldor Azimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Azimov Eldor Sarvarovichdan yoʻnaltirildi)

Azimov Eldor Sarvarovich (1945.6.2, Toshkent) – dirijyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan san’at arbobi (1989). Toshkent konservatoriya-sini dastlab skripka, soʻng opera-sim-fonik dirijyorligi boʻyicha tugatgan. Oʻzteleradio huzuridagi torli kvartet (1963–68) va estrada-simfonik orkes-trda (1971–74) skripkachi. Aynan shu yerda 1974-yil kamer orkestr tashkilotchisi, badiiy rahbari va bosh dirijyori. Mazkur jamoa Oʻzbekistonda kamer sim-foniya, syuita va boshqa janrlardagi ijodi-yotga ijobiy ta’sir koʻrsatdi. 1976-yildan Toshkent konservatoriyasida oʻqituvchi, dotsentyabr 1996-yildan "Oʻzbeknavo" qoshidagi "Turkiston kamer orkestri"ning badiiy rahbari va bosh dirijyori.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil