Asad Azimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Azimov Asad Vahobovichdan yoʻnaltirildi)
Asad Azimov tasviri

Asad Vahobovich Azimov (1927.6.10, Andijon – 1995.23.11, Toshkent) – opera xonandasi (lirik tenor). Oʻzbekiston xalq artisti (1978). Abduvahob Azimovning oʻgʻli. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1953). Muqimiy teatri (1941–43), Uygʻur musiqali drama teatri (1943–46), Andijon teatri (1946–47)da artist. Navoiy teatri solisti (1953-85). 1966–70 yillar Toshkent konservatoriyasi, 1960–66 va yana 1970-yildan Toshkent san’at instituti vokal kafedrasida oʻqituvchi, kafedra mudiri (1975–86). Oʻzbek, rus va Gʻarbiy Yevropa kompozitorlarining operalarida 50 ga yaqin asosiy partiyalarni (ba’zilarini Oʻzbekistonda ilk marotaba) ijro etgan: Tohir (T. Jalilov, B. Brovsin, "Tohir va Zuhra"), Furqat (M. Ashrafiy, "Shoir qalbi"), Yoʻlchi (R. Hamroyev, "Zulmatdan ziyo"), Nodir (J. Vize, "Marvarid qidiruvchilar") va boshqa Ovozi noziq, lirik talqin ustasi. Konsert repertuarida oʻzbek, tojik, rus va boshqa xalqlar qoʻshiqlari bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil