Azim suyun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Azim suyun (taxallusi; asl ismi Suyunov Azim Alimovich) (1948.22.2, Samarqand viloyati Nakurt qishlog‘i) – shoir. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1997). Toshkent Davlat Universiteti jur-nalistika fakultetini tamomlagan (1977). G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida muharrir (1973–86), O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi boshqaruvida mas’ul kotib (1987–90), "Xalq so‘zi" gaz.da bo‘lim muharriri (1990–93), "O‘zbekiston ovozi" va "Golos O‘zbekistona" gaz.lari bosh muharriri (1993 yildan). Bir necha she’riy kitoblari nashr etilgan. "Sarbadorlar" (1981) dramatik dostonida tarixiy voqealar orqali xalqning erk sari institutilishi tasvirlangan. A.S. she’riyatni xalq ohanglari, tabiatning nafis tas-viri, badiiy ijod an’analarini yangicha shakl va mazmun bilan boyitdi. Asarlari bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan. Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1994–99).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil