Azar Andami

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Azar Andami
Tavalludi 8-dekabr 1926-yil
Rasht, Iran
Vafoti 19-avgust 1984-yil(1984-08-19)
(57 yoshda)
Tehron, Eron
Fuqaroligi Eron
Millati Iranian
Sohasi Mikrobiologiya
Institutlar Pasteur Institute of Iran
Taʼlimi University of Tehran
Mashhur ishlari Birinchi El Tor vaksinasi
Turmush oʻrtogʻi Mansour Khalatbari


Azar Andami(1926-yil 8-dekabr — 1984-yil 19-avgust)eronlik shifokor va bakteriolog boʻlib, vaboga qarshi vaksina ishlab chiqqanligi bilan mashhur.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1926-yilda Eronning Rasht shahrida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini Madaniyat vazirligida o‘qituvchilikdan boshlagan.

Azar Andami 1926-yilda Rashtning Sagʻrisazan mahallasida tugʻilgan. U oilasida toʻrtinchi farzand va yolgʻiz qiz boʻlgan. Boshlang‘ich maktabni Rasht ayollar boshlang‘ich maktabida bir tugatgan. Otasi Anzar Rasht shahridagi Foro‘g‘ o‘rta maktabida umumtaʼlim maktabining to‘qqizinchi kursini tamomlagach, Rasht tayyorlov universitetiga o‘qishga yuborgan. Anzar 1946-yilda Daneshsarani tamomlagan. 1947-yilda Madaniyat vazirligiga ishga qabul qilingan. 1951-yilda u ishlash bilan birgalikda turli imtihonlar bilan tabiatshunoslik diplomini olgan. 1953-yilda Tehron universitetining universitetning tibbiyot yoʻnalishi boʻyicha kirish imtihonida qatnashgan va tibbiyot fanlari doktori darajasini oldi . Dastlab u ginekologiyaga oʻqigan. U Tehrondagi Paster institutida oʻqigan keyin esa bakteriologiyani o‘rganish uchun Parijga ko‘chib o‘tgan.

Doktor Azar Andami bir nechta ilmiy maqolalarni nashr etgan va birinchi navbatda ifloslangan suvni ichish natijasida yuzaga keluvchi vaboga qarshi emlashni ixtiro qilgan[1].

EL Tor vaksinasini ishlab chiqish[tahrir | manbasini tahrirlash]

1934-yildan 1967-yilgacha vaboga oʻxshash kasallik (El Tor) Eron va boshqa koʻplab mamlakatlarda tarqalgan. El Tor — vabo bakteriyasi keltirib chiqaradigan oʻtkir diareya kasalligi. Kasallikning belgilari odamlarning ingichka ichaklarida mikroblar tomonidan ishlab chiqarilgan toksin sababli kelib chiqadi. Shuning uchun mikroblar inson najasi orqali atrof-muhitga tarqalib, suv va oziq-ovqat mahsulotlarini ifloslantiradi. Bunday sharoitda yagona yoʻl vaboga qarshi vaksinani kasallikka chalinishdan oldin inʼektsiya qilish edi va oʻsha paytda Erondagi yagona vaksina tayyorlash markazi Erondagi Paster instituti boʻlib, u yerda mikrobiologiya laboratoriyasi uchun barcha qulayliklar yaratilgan edi.

Oʻlim va meros[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 1984-yil 28-avgustda 58 yoshida Tehronda vafot etgan. Venera sayyorasidagi „Andami“ deb nomlangan krater Xalqaro Astronomiya Ittifoqi tomonidan uning sharafiga nomlangan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „آذر اندامی - سایت خبری گیلتاب“ (fa-IR). سایت خبری گیلتاب (2000-yil 1-yanvar). 2015-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-mart.
  2. „This Day in History“. Kayhan International. Kayhan (2015-yil 18-avgust). Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.