Azamat Toʻxtayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Azamat Ramziddinovich Toʻxtayev (1946.25.4, Toshkent) — meʼmor. Oʻzbekiston BA akademigi (1997). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan meʼmor (1991). Toshkent politexnika intini tugatgan (1970). Toshkentdagi loyihalash i.t. institutida loyihalovchi, katta meʼmor, loyiha bosh meʼmori, guruh rahbari, direktor (1963 93). Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi "Oʻzinterqurilish" firmasida bosh direktor (1993— 95), Oʻzbekiston meʼmorlar uyushmasi boshqaruvi raisi (1998 — 2000), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi (2000 yildan).

Toʻxtayev Oʻzbekiston va boshqa davlatlardagi bir qancha bino loyihalari muallifi: Issiqkoʻldagi dam olish uyi (1968), Qarshidagi musiqali drama teatri (1976), Moskvadagi Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasi interyeri (1978). Oʻzbekiston Respublikasi banklar assotsiatsiyasi binosi (1998— 2000) va boshqa "Mehnat shuhrati" ordeni bn mukofotlangan (1999).