Kontent qismiga oʻtish

Az-Zubayr ibn Bakkar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Az-Zubayr ibn Bakkor
Unvoni An-Nassaba
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 788 (hijriy 172-yil)
Madina, Abbosiylar xalifaligi
Vafoti milodiy 870 (hijriy 256)
Makka, Abbosiylar xalifaligi
Dini Islom
Era Islom oltin davri
Hudud Abbosiylar xalifaligi
Imom sunniylik
Asosiy qiziqish(lar)i tarix, genealogiya, arab sheʼriyati[1]

Az-Zubayr ibn Bakkor (arabcha: أبو عبدالله الزبير بن بكار بن عبد الله بن مصعب بن ثابت بن عبد الله بن الزبير بن العوام‎) (milodiy 788–870 / hijriy 172–256) – mashhur arab musulmon tarixchisi va nasabshunosi. Sahoba az-Zubayr ibn al-Avvomning avlodidan boʻlgan. U, asosan Hijoz mintaqasida yashovchi arablar, xususan, Quraysh qabilasi nasablari boʻyicha yetakchi mutaxassis hisoblangan[2]. Az-Zubayr ibn Bakkor nasabshunoslikka oid bir qancha asarlar yozgan. Buyuk muhaddis va tarixchi Ibn Hajar al-Asqaloniy uni Quraysh nasablariga oid eng ishonchli manbalar muallifi sifatida eʼtirof etgan[3].

Ibn Bakkor Madinada tugʻilib oʻsgan va hijriy 242-yilda Makka qozisi boʻlib xizmat qilgan[4]. Bagʻdodga qilgan tashriflaridan birida Abbosiylar xalifasi al-Mutavakkil unga oʻgʻliga tarbiya berishni taklif qilgan[1].

Ibn Bakkor Makkada tomdan yiqilib vafot etgan[5].

  1. 1,0 1,1 Ibn Bakkār, Al-Zubayr (1996), al-ʻĀnī, Sāmī Makkī (muh.), Al-Akhbār al-muwaffaqīyāt (2nd-nashr), Dār ʻĀlam al-Kutub, 14–18-bet
  2. Khalidi, T.. The Muslim Jesus: Sayings and Stories in Islamic Literature. Harvard University Press, 2001 — 188-bet. ISBN 0-674-00477-9. 
  3. Crow, Karim Douglas. Facing one Qiblah: legal and doctrinal aspects of Sunni and Shi'ah Muslims. Pustaka Nasional Pte Ltd, 2005 — 194-bet. ISBN 9789971775520. 
  4. Sezgin, GAS, I, p.317
  5. Ibn Bakkār, Al-Zubayr (1996), al-ʻĀnī, Sāmī Makkī (muh.), Al-Akhbār al-muwaffaqīyāt (2nd-nashr), Dār ʻĀlam al-Kutub, 14–18-bet