Az-Zubayr ibn Abdulmuttalib
| Az-Zubayr ibn Abd al-Muttalib الزبير ابن عبد المطلب | |
|---|---|
| Tavalludi | taxminan tax. 530–540 milodiy yil |
| Vafoti | 605–610 |
| Turmush oʻrtogʻi | Atika bint Abi Vahb |
| Bolalari |
|
| Otasi | Abdulmuttalib |
| Onasi | Fotima bint Amr |
| Qarindoshlari |
Akalari: Opalari: |
Az-Zubayr ibn Abdulmuttalib (arabcha: الزبير ابن عبد المطلب) Abdulmuttalib va Fotima bint Amrning oʻgʻli boʻlib, shu tariqa Islom paygʻambari Muhammadning amakisi edi. U Abu Tolib va Muhammadning otasi Abdullohning oʻz ona bir ukasi edi[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]U Maxzum qabilasidan boʻlgan Atika bint Abi Vahbga uylangan va ular toʻrt qiz va bir oʻgʻil koʻrishgan.
- Duboa, u Miqdod ibn Asvadga turmushga chiqqan va Abdulloh ibn Miqdod hamda Karima bint Miqdodni dunyoga keltirgan[2].
- Umm al-Hakam (yoki Umm Hakim), u Rabia ibn al-Horisga turmushga chiqqan va toʻqqiz farzand koʻrgan.
- Safiyya
- Umm az-Zubayr[3][4].
- Abdulloh[5].
Oʻgay akasi Al-Horis vafotidan keyin navbat Az-Zubayrga keldi. U ukasi Abu Tolib bilan birga ziyoratchilarni ovqat va ichimlik bilan taʼminlash boʻyicha oilaviy majburiyatni oʻz zimmasiga oldi[manba kerak]. Shuningdek, u yosh Muhammadning vasiylaridan biri edi. Rivoyat qilinishicha, u milodiy 584-yilda Muhammadni Yaman safariga olib borgan[6].
Ibn Kasir „zaif“ deb baholagan bir rivoyatda, Az-Zubayrning 585-yilda vafot etgani aytiladi[7]. Buni esa uning yana bir qancha yillar keyin ham tirik boʻlganini koʻrsatuvchi bir necha rivoyatlar rad etadi.
Az-Zubayr riddorlik tartibi boʻlmish Hilf al-Fudulning asoschilaridan edi. Bu harakat Makka shahrida 591-yil may oyida (Harom urushlari tugaganidan koʻp oʻtmay) zoʻravonlik va adolatsizlikni bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan[8][9]. U bu ahd haqida shunday degani rivoyat qilinadi:
- „Kelinglar, ular(g)a qarshi bir ahd tuzaylik, garchi hammamiz bitta qabiladan boʻlsak ham. Uni al-Fudul deb ataymiz; agar shu nom bilan ahd tuzsak, musofir mahalliy homiylik ostida boʻlganlarga qarshi ham haqlarini ola oladi, va Kaʼba atrofida tavof qiluvchilar biz zulmni rad etishimizni va barcha uyatli ishlarning oldini olishimizni biladilar … Al-Fudul ahd va ittifoq tuzdi: hech bir zolim Makka qalbida yashab qolmaydi. Bu ular qatʼiyan kelishib olgan masala edi va homiylikdagi qoʻshni ham, homiyliksiz musofir ham ular orasida omon boʻladi“, deb qasam ichgan[10].
Az-Zubayr 605-yilda Kaʼbani qayta qurishda ishtirok etgan koʻplab qurayshlardan biri edi. Dastlab ular ishni boshlashdan qoʻrqishgan, chunki muqaddas joyda katta ilon paydo boʻlgan edi. Bir kuni bir burgut kelib ilonni olib ketdi va buning ortidan quruvchilar bemalol ishga kirishdilar. Bu voqeadan qattiq taʼsirlangan Az-Zubayr „burgut pastga qarab oʻqdek uchdi, uni koʻtarib ketdi …“ deb boshlanadigan sheʼr bitgan[11].
Mashhur qarindoshlari va nasab daraxti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ abdulmalik ibn Hisham. Notes to Ibn Ishaq’s Life of Muhammad. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, p. 707, note 97. Oxford: Oxford University Press.
- ↑ „Duba'a bint Az-Zubair“ (ar). Welcome to Muslim Scholars Database from Arees (2010-yil 16-aprel). Qaraldi: 2022-yil 1-oktyabr.
- ↑ Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir, vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, pp. 34-35. London: Ta-Ha Publishers.
- ↑ See also Muhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, p. 522. Oxford: Oxford University Press.
- ↑ „Abdullah bin Az-Zubair“ (ar). Welcome to Muslim Scholars Database from Arees (2010-yil 16-aprel). Qaraldi: 2022-yil 1-oktyabr.
- ↑ Ismail ibn Umar ibn Kathir. Al-Sira al-Nabawiyya. Translated by Le Gassick, T. (1998). The Life of the Prophet Muhammad, vol. 1, p. 166. Reading, U. K.: Garnet Publishing.
- ↑ Ibn Kathir/Le Gassick, vol. 1 p. 166.
- ↑ Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir, vol. 1. Translated by Haq, S. M. (1967). Ibn Saʼad’s Kitab al-Tabaqat al-Kabir, Volume I, Parts I & II, p. 144. Delhi: Kitab Bhavan.
- ↑ Ibn Kathir/Le Gassick, vol. 1 p. 186.
- ↑ Ibn Kathir/Le Gassick, vol. 1 p. 187.
- ↑ Ibn Ishaq/Guillaume pp. 84-87.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Zubair – [1] ([2]), [3]
- Duboa – [4], Asp?f=ftw00017.htm