Kontent qismiga oʻtish

Az-Zafir (qabila)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Az-Zafir (arabcha: الظفير‎) – Tayy qabilasidan kelib chiqqan badaviy arab qabilasi. Nisbasi az-Zafiriy (arabcha: الظفيري‎). Qabila vakillari milodiy 1200-yildan 1450-yilgacha Madina shahrining sharqiy qismidagi sahroda yashagan, soʻngra Najdga koʻchib oʻtib, 1740-yilga qadar oʻsha yerda hayot kechirgan. Shundan soʻng Najd va Bahrayn shimolidagi (Sharqiy Arabiston) sahroga, yaʼni Iroqning janubi, Saudiya Arabistoni va Quvayt shimolidagi sahrolarga koʻchib oʻtgan. Hozirgi kunda qabila vakillarining aksariyati Saudiya Arabistoni va Quvaytda yashaydi va ularning koʻpchiligi professor, siyosatchi, olim, shifokorlar va muhandis sifatida faoliyat yuritishadi. Shuningdek, kam sonli qabila vakillarini Iroq, Suriya, Qatar, Bahrayn va Turkiyada ham uchratish mumkin.

Az-Zafir qabilasi ikki boʻlimga ajratilgan. Ular al-Butun va as-Sumada boʻlimlaridir.