Ayuttxaya
Ayuttxaya, Ayutiya, (rasmiy nomi Pra-Nakxonsi-Ayuttxaya) — Tailanddagi qadimgi shahar. Menam pasttekisligining markaziy qismida. Aholisi 100 ming kishi atrofida. Ayuttxaya Markaziy Tailandda temir yoʻl bilan Menam daryosi kesishgan joydagi muhim savdo-transport tuguni, sholikorlik rayonining markazi. Sholi oqlaydigan, vino va konserva zavodlari bor. Hunarmandchilik (kumush buyumlari ishlab chiqarish) taraqqiy etgan. Ayuttxaya 1350-yilda bunyod etilgan va birmaliklar vayron qilib tashlagunga qadar (1767) mamlakat poytaxti boʻlgan. XIX asrda qayta bunyod etilgan. Ayuttxaya tai xalqi qadimgi madaniyatining yodgorligidir. Na Praman (Ayuttxaya VII — IX asrlar), Buddasavan (XIV asr), Rajapuran (XV asr), Pra Srisanpet (XV — XVI asrlar) ibodatxonalari va saroylar bor.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |