Aysar Ibrohimov
Aysar Ibrohimov (1910.5.5, Asaka — 1989.29.6, Andijon) — Oʻzbekiston xalq artisti (1970). Ijodiy faoliyatini Asaka havaskorlar teatrida boshlagan (1929). 1931-33 yillar Hamza teatri qoshidagi koʻchma Ishchi-yoshlar teatri, Fargʻona teatri, Chust kolxoz-sovxoz teatrida, 1933-yildan Andijon teatrida aktyor. Ifoda vositalari (ovoz, mimika, plastika) dan mohirona foydalanish, obraz yaratishda qahramonlarning ichki dunyosini chuqur ochishga intilish I. ijodiga xos. Eng yaxshi rollari: Miller ("Makr va muhabbat"), Gʻofir ("Boy ila xizmatchi"), Davron ota ("Davron ota"), Majnun ("Layli va Majnun"), Mavlon ("Shohi soʻzana"), Abror ("Parvona"), Tribule ("Qirolning dil xushi"), Lord Mer ("Richard III"), Shushu domla ("Inson aziz") va Aysar Ibrohimov Majnun rolida ("Layli va Majnun").[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |