Oyoqdumlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ayridumlilardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Oyoqdumlilar, ayrimdumlilar, poduralar (Callembola yoki Padura) — tuban yoki birlamchi qanotsiz hasharotlarning eng katta turkumi. 2 mingdan ortiq, Oʻrta Osiyoning dehqonchilik mintaqalarida esa 50 ga yaqin turi maʼlum. Choʻzinchoq tanasining uz. 0,2–2 mm. Qorni boʻgʻimlarga boʻlingan yoki yumaloq; oq, yashil, gunafsha, kulrang , koʻpincha ola-bula dogʻli. Usti tuklar yoki tangachalar bilan qoplangan. 4—6 boʻgʻimli moʻylovlari turli uzunlikda; ogʻiz apparati — kemi-ruvchi yoki sanchib soʻruvchi tipda. 3 juft koʻkrak oyoklari boʻlib, boldir va pan-jalari birlashib ketgan, uchida tirnoqlari bor. 6 boʻgʻimli qorni 3 oʻsimta — qorin naychasi, tayanch va sakrovchi ayridan iborat, sakrab harakatlanadi (tuprokda yashovchi koʻpgina O. sakrovchi ayrilari taraqqiy etmagan yoki butunlay yoʻq); chala oʻzgarish bilan rivojla-nadi. Sernam yerlarda yashaydi. Organik qoldikdar, bir qancha turlari esa tirik oʻsimlik bilan oziqlanadi. Qishloq xoʻjaligi ekinlariga, ayniqsa, dukkakliklarga zarar keltirishi mumkin. Kurash choralari: urugʻlikka, parnik va issiqxonalarga sirtdan taʼsir qiluvchi insektitsidlar (karbofos, keltan) bilan ishlov berish.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil