Ayoz karvonsaroyi
Qiyofa
| Ayoz karvonsaroyi | |
|---|---|
| Umumiy maʼlumot | |
| Maqomi | Madaniy meros yodgorligi |
| Turi | Karvonsaroy |
| Joylashuvi | Buxoro viloyati |
| Manzili | Haqiqat koʻchasi |
| Shahar | Buxoro |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| Qurilishi boshlangan | XIX asr yoki XVIII asrning 2-yarmi |
| Qurilishi tugagan | XIX asr yoki XVIII asrning 2-yarmi |
Ayoz karvonsaroyi — Oʻzbekistonning Buxoro shahri tarixiy markazida joylashgan madaniy meros yodgorligi. Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1]. Ayoz chinnifurush karvonsaroyi, Ahmad Ayozbiy karvonsaroyi nomlari bilan ham atalgan[2].
1920-yilgi Buxoro inqilobiga qadar unda idish-tovoq mahsulotlari ulgurji savdosi bilan shugʻullanilgan. Keyinchalik koʻp yillar yotoqxona vazifasini bajargan, bora-bora qurilish va xoʻjalik axlatiga toʻlib borgan. 2003-yildan buyon yarim buzilgan holatga kelib qolgan karvonsaroyni fransuz asotsiatsiyasi tomonidan qayta qurish ishlari olib borilmoqda[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz (2019-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 9-yanvar.
- ↑ 2,0 2,1 „Караван-сарай Айёз чиннифуруш“. Rusrav.uz (2018-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 9-yanvar.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
