Ayol (Takeo Arishima asari)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ayol
Asl nomi 或る女
Muallif(lar) Arishima Takeo
Til Yapon
Janr(lar)i Roman
ISBN 0860082377

Ayol (yaponcha: 或る女 Aru Onna, inglizcha A Certain Woman?) yapon yozuvchisi Arishima Takeo asari boʻlib, 1919-yilda chop etilgan. Romanning birinchi yarmi 1911-yil yanvaridan boshlab, 1913-yil martigacha Shirakaba adabiy jurnalida chop etila boshlagan. Ikkinchi qismi esa, 1919-yilga kelib, har ikki qism bir butunlikda toʻldirilgach chop etilgan.

Roman qisman biografik asar boʻlib, unda Arishima Yoko obrazi orqali Kunikida Dopponing sobiq ayoli Nobuko Sasaki hayotini aks ettirishga harakat qilgan.

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sasaki Nobuko (1878-yil 20-iyul — 1949-yil 22-sentyabr), Yoko Satsuki obrazi uchun model.

Yigirmanchi asrning boshlarida „ijtimoiy faol va qattiqqoʻl“ ona tomonidan tarbiyalangan uchta opa-singilning eng kattasi Yoko Satsuki irodali, ammo injiq ayol sifatida tasvirlangan. U jurnalist yigit (Kibe) ni sevib qoladi va anʼanaviy kelishuv asosidagi nikohlar meʼyoriy hol boʻlgan davrda, unga sevgi asosida turmushga chiqadi. Biroq, Yoko jurnalist yigitdan juda tez zerikib qoladi va toʻsatdan u bilan ajrashib, ota-onasining uyiga qaytishga qaror qiladi. Jurnalist qisqa turmushdan keyingi ajralish sababli qattiq tushkunlikka tushadi, lekin Yoko unga nisbatan faqat nafrat his qiladi. Hattoki, (hikoya boshida tasvirlanganidek) yigitni poezdda koʻrganida, unga umuman eʼtibor bermaydi.

Ota-onasining oʻlimidan soʻng, qarindoshlari va doʻstlarining bosimi sabab, Yoko AQShning Chikago shtatida yashovchi doʻstining tanishi(Kimura) bilan turmush qurishga rozi boʻladi. Biroq, Yokogamadagi paroxodda Yoko boshqa yoʻlovchilarning norozi nigohlariga qaramasdan, oilali erkak (Kuraji) bilan ishqiy munosabatda boʻladi. U Qoʻshma Shtatlarga yetib borgach, Kimuraga turmushga chiqmaslikka qaror qiladi. Yoko Kimuradan pul olib, Kuraji bilan birga Yaponiyaga qaytadi. Kurajining oilasi borligiga qaramay, ular birga yashay boshlaydilar, shu bilan birga Yoko singillarini ham qaramogʻiga oladi. Biroq, Yoko baxtini topa olmaydi, chunki u moliyaviy taqchillik bilan kurashib yashaydi va Kuraji bilan tez-tez janjallashib qoladi. Kuraji ayolning ishonchini oqlamaydi va u haqida politsiiyaning hibsga olish qarori chiqqach, izsiz gʻoyib boʻladi.

Roman qaygʻuli yakunga ega: avval Yokoning singlisi kasal boʻlib vafot etadi, keyin esa Yoko ham jamiyatning qonun-qoidalari bilan doimiy kurashdan charchagan holda halok boʻladi. U oʻz hayotini boshqalar tomonidan qoʻyilgan cheklovlardan holi tarzda yashashni xohlardi, ammo XX asr boshlaridagi Yaponiya jamiyati hali bunday erkinlikka tayyor emasdi.

Asar asosida yaratilgan ijodiy namunalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1942-yil oktabr oyida Shochiku studiyasi tomonidan Minoru Shibuya rejissyorligida asar asosida film suratga olingan. Filmda Kinuyo Tanaka Yoko (film versiyasida qahramon ayol Oshige deb ataladi) rolini ijro etgan.

1954-yil 13-martda Daiei tomonidan „Ayol“ filmining kino versiyasi qayta suratga olingan. Shiro Toyoda rejissyorligida ishlangan ushbu filmda Machiko Kyo Yoko rolini, Arishima Takeoning oʻgʻli Masayuki Mori jurnalist rolini, Eyji Funakoshi Kimura rolini ijro etgan.

Ayol romani asosida ikkita teleserial suratga olingan. Birinchisi 1962-yil 2-fevraldan 1962-yil 9-martgacha boʻlgan Nippon televideniyesida, ikkinchisi esa 1964-yil 2-noyabrdan 1964-yil 30-noyabrgacha Fuji Televisionda namoyish etilgan.

Tarjimalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • A Certain Woman, tarjimon Kenneth Strong, Tokio universiteti nashriyoti, 1978, 382 bet, ISBN 0-86008-237-7 .
  • Les jours de Yoko, tarjimon M. Yoshitomi va Albert Maybon P. Picquier, 1998 yil. (fransuz tili)
  • Yoko : roman, tarjimon Alla Verbetchi — Arania, 1992. (Rumin)
  • Cierta mujer, tarjimon Naoko Narushima va Pedro Pablo Ontoria, Karlos Rubio soʻzboshisi bilan, Satori Ediciones, 2021,ISBN 978-84-17419-81-3 . (Ispancha)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]