Kontent qismiga oʻtish

Ayo Sofiya ibodatxonasi (Trabzon)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Ayo Sofiya
grekcha: Αγία Σοφία
Trabzondagi Ayo Sofiya ibodatxonasining koʻrinishi
Mamlakat  Turkiya
Shahar Trabzon
Joylashuvi Ortahisor tumani, Fotih
Masjid turi
  • Vizantiya xristian cherkovi
  • Masjid (1461)
  • Muzey (1964)
  • Masjid (2013)
Binokorlik 1238-yil1263-yil
Sayt [trabzon.gov.tr Rasmiy sayt]


Ayo Sofiya ibodatxonasi (grekcha: Αγία Σοφία) sobiq yunon pravoslav cherkovi boʻlib, 1461-yili Mehmed II Trabzonni bosib olgandan keyin masjidga aylantirilgan. Bino Turkiyaning shimoli-sharqiy qismidagi Trabzon shahrida joylashgan. 1964-yilda muzeyga aylantirilgan[1], 2013-yilda esa yana qayta masjidga aylantirilgan[2]. XIII asrda Trabzon Trapezund imperiyasining poytaxti boʻlgan vaqtga toʻgʻri keladi. Dengiz qirgʻogʻi yaqinida va oʻrta asr shaharlari chegarasidan ikki mil gʻarbda joylashgan. Bu hududda saqlanib qolgan oʻnlab Vizantiya binolaridan biri boʻlib, Vizantiya meʼmorchiligining eng yaxshi namunalaridan biri deya taʼriflangan[3].

Ayo Sofiya 1238–1263-yillarda Manuel I hukmronligi davrida Trabzonda qurilgan[4][5]. Mehmed II shaharni 1461-yilda zabt etgandan soʻng, cherkov masjidga aylantirilgan va uning devorlariga ishlangan suratlar oqlangan boʻlishi mumkin. Boshqa olimlar ularning 1584-yilgacha oʻzgartirilmaganini taʼkidlaydilar, chunki bino shahardan bir necha kilometr tashqarida joylashgan edi. Yaqin atrofdagi monastir 1701-yilgacha rohiblar tomonidan foydalanilgan[6].

Trabzondagi Ayo Sofiya apsisidagi freskaning tasviri (Trabzon, Turkiya), 1864-yil

Mahalliy manbalarga koʻra, XIX asr oxirida bu joy vabo tarqalga vaqtda kasalxona sifatida foydalanilgan. Birinchi jahon urushi paytida shahar rus harbiylari tomonidan ishgʻol qilingan va birinchi marta cherkov arxeologlar, jumladan, Fyodor Uspenskiy tomonidan tekshirilib, devordagi rasmlarda dastlabki tozalash ishlari boshlangan. 1940-yillarda bino qulflangan va doʻkon sifatida ishlatilgani xabar qilingan, ammo 1950-yillarda yana qayta masjid sifatida foydalanilgan[7]. 1964-yilda bino muzeyga aylantirilgan[8]. 1958 va 1964-yillar orasida Edinburg universiteti va Jamgʻarmalar Bosh boshqarmasi mutaxassislari yordamida saqlanib qolingan devorga ishlangan suratlar topilgan va cherkovni tiklash ishlari boshlangan. Qayta tiklash ishlarida ishtirok etgan mutaxassislardan biri asl bezaklarning oltidan bir qismi saqlanib qolganligini aytgan[9]. Biroq saqlanib qolgan tasvirlarning barchasi bino qurilishidan keyin yaratilgan asarlar deb hisoblaniladi va Vizantiya Paleolog Uygʻonish davrining bir qismi deb qaraladi[ iqtibos kerak ].

Qoʻngʻiroq minorasi va fonda Qora dengiz qirgʻogʻi bilan Trabzondagi Ayo Sofiya (hozirgi masjid) koʻrinishi
Qoʻngʻiroq minorasi

Ayo Sofiya cherkovi keyingi Vizantiya meʼmorchiligining muhim namunasi boʻlib, uning asosiy xususiyati markazda joylashgan baland gumbazi hamda gumbaz va shiftning ogʻirligini koʻtarib turuvchi toʻrtta katta ustunli kamarlar hisoblanadi. Gumbaz ostida poydevor mavjud. Binoning uzunligi 22 metr, eni 11,6 metr va balandligi 12,7 metrni tashkil etadi. XIII asrning oxirlarida cherkov devorlariga ishlangan suratlar, Edinburg universiteti tomonidan amalga oshirilgan restavratsiya jarayonida ochilgan. Cherkovdan 24 metr gʻarbda balandligi 40 metr boʻlgan yirik qoʻngʻiroq minorasi joylashgan. Ushbu minora 1427-yilda qurilgan, uning ikkinchi qavatida kichik bir cherkov mavjud. Minoraning ichki devorlari suratlar bilan bezatilgan. Bu yer mahalliy astronomlar tomonidan observatoriya sifatida ham foydalanilgan.

  1. Eden, Caroline. „Turkey's other Hagia Sophia, in Trabzon“. The Guardian (2017-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 26-oktyabr.
  2. „Restoration of the Church of Saint Sophia at Trabzon | Research at the BIAA | BIAA“. biaa.ac.uk. 2016-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-oktyabr.
  3. "Religion in Turkey: Erasing the Christian past." The Economist. July 25, 2013.
  4. Eastmond, Antony. „The Byzantine Empires in the Thirteenth Century“ in Art and Identity in Thirteenth-Century Byzantium: Hagia Sophia and the Empire of Trebizond. Burlington, VT: Ashgate, 2004, p. 1.
  5. Gabriel Millet, „Les monastères et les églises de Trébizonde“, Bulletin de correspondance hellénique, 19 (1895), p. 428
  6. Millet, Les monastères, p. 433
  7. David Talbot Rice, „The Church of Haghia Sophia at Trebizond“, p6.
  8. Eden, Caroline. „Turkey's other Hagia Sophia, in Trabzon“. The Guardian (2017-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 26-oktyabr.
  9. Some details of the preservation can be read in David Winfield, „Sancta Sophia, Trebizond: A Note on the Cleaning and Conservation Work“, Studies in Conservation, Vol. 8, No. 4 (Nov., 1963), pp. 117-130.
  • Eastmond, Anthony. Art and Identity in Thirteenth-Century Byzantium: Hagia Sophia and the Empire of Trebizond. Burlington, VT: Ashgate, 2004.