Ayo Sofiya ibodatxonasi (Iznik)
Masjid | |
Fayl:Hagia Sophia Iznik. JPG | |
2012-yilgi restavratsiyadan soʻng Nicaea Ayo Sofiya masjidining koʻrinishi. | |
Mamlakat | ![]() |
Hudud | Iznik |
Masjid turi |
|
Binokorlik | 325 | —1065
Sayt | [Official website Rasmiy sayt] |
![]() |
Ayo Sofiya masjidi (qadimgi yunoncha: Ἁγία Σοφία, turkcha: Ayasofya) – Turkiyaning Bursa viloyati Iznik tumanida (Nikcea) Vizantiya davridagi bazilika cherkovi sifatida qurilgan bino[1]. Usmoniylar istilosidan keyin Orhan masjidiga (Orhan Camii), 1935-yilda esa muzeyga aylantirilgan. Bugungi kunga kelib yana masjid sifatida faoliyat yuritmoqda[2]. Mazkur bino Iznik shahrining markazida, qadimgi devor bilan oʻralgan hudud ichida joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu joyda qurilgan birinchi cherkov IV asrda bunyod etilgan[3]. Keyinchalik VI asr oʻrtalarida imperator Yustinian I homiyligida qayta qurilgan[4]. 787-yilda ushbu cherkovda Ikkinchi Nicaea Kengashi oʻtkazilgan boʻlib, ushbu kengash Vizantiya tarixidagi birinchi ikonoklazm (tasvirlarga qarshi harakat) davrini rasman yakunlagan[5][6]. XI asrda Yustinian davrida qurilgan cherkov zilzila natijasida vayron boʻlgan va uning oʻrnida taxminan 1065-yilda hozirgi bino qad koʻtargan[3].
Ayo Sofiya cherkovi 1331-yilda Nicaea Oʻrxon I boshchiligidagi Usmoniy turklari qoʻliga oʻtganidan keyin Oʻrxon masjidiga aylantirilgan. 1935-yilga qadar masjid sifatida faoliyat yuritgan, keyin esa Mustafa Kemal Atatürk tuzumi ostida muzey sifatida faoliyat yuritgan[7]. 2011-yilning noyabr oyida yana masjidga aylantirilgan[8].
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hozirgi bazilika tuzilishi, asosan, 1065-yilda cherkov qayta qurilgan davrga tegishli. Usmoniylar davrida qayta taʼmirlanishidan oldin cherkovda ikkita uch qatorli, arkadali ustunlar mavjud boʻlib, ularning ustida beshta derazaga ega devor joylashgan[9]. XIV asrda bino masjidga aylantirilgach, unga mehrob ham qoʻshib qurilgan. XVI asrda Sulaymon I hukmronligi davrida halokatli yongʻindan soʻng cherkov qayta tiklangan va unga qoʻshimcha ravishda minora qurilgan[10]. Shuningdek, meʼmor Xoʻja Sinon masjid devorlarini bezash uchun maxsus bezak dizaynlarini loyihalash vazifasini olgan[11].
Bunday tarixiy cherkovning masjid sifatida qayta foydalanish uchun tiklanishi yoki qayta qurilishi oʻsha davrda ham, hozirda ham juda bahsli masala boʻlib kelgan. Ushbu ishlar 2007—2011-yillar oraligʻida amalga oshirilgan[12].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Iznikdagi Ayo Sofiya ibodatxonasi oldi
-
Iznikdagi Ayo Sofiya ibodatxonasining tashqi koʻrinishi
-
Iznikdagi Ayo Sofiya ibodatxonasining kirish qismi
-
Iznikdagi Ayo Sofiya ibodatxonasining ichki qismi
-
Synthronon
-
Iznikdagi Ayo Sofiya ibodatxonasidagi ikkinchi darajali gumbazning koʻrinishi
-
Iznikdagi Ayo Sofiya ibodatxonasidagi fresco
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ayo Sofiya ibodatxonasi, Istanbul.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() |
Vikiomborda Ayo Sofiya ibodatxonasi (Iznik) haqida turkum mavjud |
- ↑ „İznik“. UNESCO World Heritage Centre.
- ↑ „The Church That Politics Turned Into a Mosque“. International Herald Tribune (2012-yil 9-fevral). Qaraldi: 2017-yil 12-fevral.
- ↑ 3,0 3,1 „İznik“. UNESCO World Heritage Centre.
- ↑ Möllers, Sabine. Die Hagia Sophia in Iznik, Nikaia. Alter: Verlag und Datenbank für Geisteswissenschaften, 1994.
- ↑ „Hagia Sophia in Nicaea“. The Byzantine Legacy.
- ↑ Noble, Thomas F. X.. Images, Iconoclasm, and the Carolingians. Philadelphia: University of Pennsylvania Press, 2012.
- ↑ „Hagia Sophia in İznik: Historical Church Turned Mosque“ (2018-yil 14-iyun).
- ↑ „The Church That Politics Turned Into a Mosque“. International Herald Tribune (2012-yil 9-fevral). Qaraldi: 2017-yil 12-fevral.
- ↑ Richard Krautheimer, Early Christian and Byzantine Architecture, 4th edition, 1986, p365.
- ↑ „Hagia Sophia, 'a mosque of conquest' in İznik“. Hürriyet Daily News (2018-yil 14-iyun).
- ↑ „İznik“. UNESCO World Heritage Centre.
- ↑ „Ayasofya Orhan Camiisindeki restorasyon sorunları ufak tefekmiş! haberi“. Arkeolojik Haber (2019-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.