Kontent qismiga oʻtish

Ayn at-Tamr jangi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ayn at-Tamr jangi
Musulmonlarning Eronga istilosi hamda Xolid ibn Valid yurishlarining bir qismi
Sanalar hijriy 633-yil
Urush yeri Ayn al-Tamr, Sosoniylar davlati
Natija
Hududiy
oʻzgarishlar
Ayn al-Tamr shahri Roshidun xalifaligi tomonidan qo‘shib olingan[1][3]
Qoʻmondonlar
Roshidun xalifaligi Sosoniylar davlati[4]
Xristian arablar[5]
  • Mihron Bahrom-i Chobin
  • Aqqa ibn Qays ibn Bashir (POW)
Kuchlar
500–800[Notes 1][6] Nomaʼlum, biroq qoʻshin arab nasroniy qabilalarining katta guruhi va Sosoniylarning „tezkor qoʻshinlari“dan iborat edi. Kamida oʻn minglab askar mavjud boʻlgan[1]

Ayn at-Tamr jangi (arabcha: معركة عين التمر) hozirgi Iroq (Mesopotamiya) hududida, dastlabki musulmon arab qoʻshinlari bilan sosoniylar va ularning nasroniy arab ittifoqchilari oʻrtasida boʻlib oʻtgan. Ayn at-Tamr Anbar shahrining gʻarbida joylashgan boʻlib, sosoniylarga yordam berish uchun tashkil etilgan chegara posti hisoblangan[7].

Xolid ibn Valid qoʻmondonligi ostidagi musulmon qoʻshinlari sosoniylarning yordamchi kuchlarini, jumladan, avvalgi kelishuvlarni buzgan koʻplab musulmon boʻlmagan arablarni butunlay magʻlubiyatga uchratgan[8]. William Muirning soʻzlariga koʻra, Xolid ibn al-Valid nasroniy arablarning qoʻmondoni Aqqa ibn Qays ibn Bashirni shaxsan oʻzi asirga olgan[9]. Bu maʼlumot Ibn al-Asirning „Usd al-gʻoba fi marifat as-Sahaba“ hamda Tabariyning „Tarix“ asarlarida ham tasdiqlangan[1].

  1. Phillip Khuri Hitti Balozuriyning manbalariga tayanib, ikki xil raqam keltiradi: birinchi manbaga ko‘ra, askarlar soni taxminan 500–600 nafarni tashkil etgan, ikkinchi manbaga ko‘ra esa bu son 800 nafar deb ko‘rsatilgan[6]
  1. 1 2 3 4 Ibn Atheer.
  2. Tabari 1993, s. 53-54.
  3. Tabari 1993, s. 55.
  4. Annals of the Early Caliphate by William Muir pg. 85
  5. Iraq After the Muslim Conquest by Michael G. Morony, pg 224
  6. 1 2 Baladhuri 2011, s. 169.
  7. The Caliph’s Last Heritage: A Short History of the Turkish Empire by Mark Sykes
  8. The Book of Revenue: Kitab Al-Amwal by Abu 'Ubayd Al-Qasim Ibn Sallam, pg 194
  9. Muir 1883.