Aymanov Shaken Kenjatoyevich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aymanov Shaken Kenjatoyevich (1914.15.2 – 1970.23.12) – qozoq aktyori va rejissyor Qozoq milliy badiiy kinosining boshlovchilaridan. 1933 yildan M. Avezov nomidagi Qozoq drama teatrida, 1940 yildan kinoda ishlagan. "Jam-bul", "Abay qo‘shiqlari", "Nayzatosh etagida" va boshqa filmlarda suratga tush-gan. Uning "Sevgi haqida qissa" fil-mi bilan Qozog‘istonda muntazam badiiy filmlar ishlash odat tusiga kirdi. Janr jihatdan xilma-xillik, milliylikka, muammolar ahamiyatiga e’tibor bilan filmlar ishlash A. ijodiga xos. Mashhur filmlari: "Sahro qizi" (K. Gakkel bilan hamkorlikda), "Biz shu yerda yashaymiz", "Otalar yeri", "Bir tumanda", "Atamanning tugatilishi" va boshqa 1984 yildan "Qozoqfilm" A. nomi bilan yuriti-ladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil