Aylar Haghi
| Aylar Haghi | |
|---|---|
| آیلار حقی | |
| Tavalludi |
1999 |
| Vafoti |
16-noyabr 2022-yil Tabriz, Eron |
| Dafn etilgan joyi | Vadi-e Rahmat |
| Fuqaroligi | Eron |
| Taʼlimi | Tabriz Ozod universiteti |
Aylar Haghi (1999 — 16-noyabr 2022) Mahso Aminiy oʻldirilishiga qarshi norozilik namoyishlari chogʻida Tabrizda Eron xavfsizlik kuchlari tomonidan oʻldirilgan eronlik talaba.
Hukumat amaldorlari va ommaviy axborot vositalari uning oʻldirilganini inkor etib, u balandlikdan qulab tushganini daʼvo qilishdi. Dastlab ular oilasiga Aylar oʻz joniga qasd qilgan deb aytishlari uchun bosim oʻtkazishdi. Oila buni qabul qilishdan bosh tortgach, otasi xavfsizlik kuchlari tomonidan hibsga olindi. Bosim sifatida, uning jasadi ikki kun davomida oilasiga berilmadi va uni tugʻilib oʻsgan shahri Malekanda dafn etishga ruxsat etilmadi.
Aylar Haghi uchun dafn marosimi va 40 kunlik xotira marosimi Tabrizdagi Vadi-e Rahmat qabristonida fuqarolar ishtirokida boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilar hukumatga qarshi „Biz hammamiz Aylarmiz, kurash davom etadi“, „ozodlik, adolat, milliy hukumat“ va „Ozarbayjon uxlamaydi, Aylarning qoni behuda ketmaydi“ kabi shiorlarni aytib hayqirishdi. Har ikkala marosim xavfsizlik kuchlarining aralashuvi bilan tugatildi. Bu hodisalarda odamlar kaltaklandi va hibsga olindi.
Aylar Haghi oʻldirilganidan soʻng, noroziliklar Sharqiy Ozarbayjon viloyatida kuchaydi. Tabriz, Bonob, Malekan va Ardabil shaharlari hamda Aylar tahsil olgan Tabriz Ozod universitetida namoyishlar va harakatlar boʻlib oʻtdi. Bu namoyishlarda bir nechta norozilar hibsga olindi.
2022-yil 28-noyabrda Ozarbayjon Respublikasidagi yosh qizlar Eronidagi ayollar huquqlari uchun kurashayotganlar va u yerda oʻldirilgan ozarbayjonlik qizlar, jumladan Hadis Najafiy, Asra Panohiy va Aylar Haghi xotirasiga flashmob oʻtkazishdi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aylar Haghi 1999-yilda Malekan shahrida[1] ozarbayjonlik oilada tugʻilgan[1]. Keyinchalik u va oilasi Tabriz shahriga koʻchib oʻtishadi. Vafoti chogʻida u Tabriz Ozod universiteti tibbiyot fakultetining toʻrtinchi kurs talabasi edi[2].
Oʻldirilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aylar Haghi 2022-yil 16-noyabrda Tabrizda boʻlib oʻtgan, Mahso Aminiy oʻldirilishiga qarshi norozilik namoyishlarining bir qismi boʻlgan hukumatga qarshi namoyishda ishtirok etdi[3]. Hukumat kuchlari namoyishlarni kuch ishlatish yoʻli bilan tarqatishni boshladi. Politsiyaning aralashuvidan soʻng, Aylar Haghi zoʻravonlikdan qochish uchun bir binoga panoh topdi[4]. Uni quvib kelayotgan bir necha xodim binoning orqa eshigidan kirib, uning boshining orqa qismiga oʻq uzishdi va uni oʻldirishdi[5][6][7][8][9]. Keyin uning jasadi koʻp qavatli binodan tashlab yuborildi[7][10][11][12].
Keyinchalik xavfsizlik xodimlari Aylar Haghining oilasiga u binodan ataylab oʻzini tashlaganini va bu oʻz joniga qasd qilish ekanligini aytishga undab bosim oʻtkazishdi[3][10][13][14][15]. Hukumat boshqa norozilar oʻlimidan keyin ham shunga oʻxshash daʼvolarni ilgari surgan edi[16]. Uning oilasi oʻz joniga qasd haqidagi bu rivoyatni qabul qilishdan bosh tortgach, otasi Rajab Haghi xavfsizlik kuchlari tomonidan hibsga olindi[3][7]. Haghining oilasiga bosim oʻtkazish uchun hukumat kuchlari uning jasadini ikki kun davomida ushlab turishdi[3].
Eron hukumatiga aloqador davlat OAVlari binodagi kuzatuv kamerasida yozib olingan videoni eʼlon qilib, Aylar Haghi mashinadan chiqqanidan koʻp oʻtmay chuqurlikka qulashi va hayotdan koʻz yumganini daʼvo qilishdi[10]. Biroq, bu videoda faqat bitta ayolning mashinadan tushayotgani koʻrinadi[10] va videodagi yuzini ham koʻrish imkoni boʻlmagan bu ayolning shaxsini aniqlab boʻlmaydi[17][18].
Dafn marosimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aylar Haghining oilasi uni tugʻilgan shahri Malekanda dafn etishni istadi, biroq bunga ruxsat berilmadi[19]. Aylar Haghining otasi Rajab Haghiga dafn marosimini Tabrizda tinchgina, oshkora boʻlmagan holda oʻtkazishga undab bosim qilindi[4][19]. Shunga qaramay, bu xabar ommaga tarqaldi[4] va dafn marosimida koʻplab fuqarolar ishtirok etdilar[17]. Dafn marosimi 2022-yil 18-noyabrda Tabrizdagi Vadi-e Rahmat qabristonida boʻlib oʻtdi[17]. Dafn marosimida ishtirok etgan fuqarolar Eron hukumatiga qarshi[17][20][21] „Biz hammamiz Aylarmiz, kurash davom etadi“[22][23], „ozodlik, adolat, milliy hukumat“ kabi shiorlarni aytib hayqirishdi[17]. Xavfsizlik kuchlari qabristonda toʻplangan fuqarolarga hujum qilib, ularni urib, hududdan haydab chiqarishdi[17][24][25] va bir necha kishini hibsga olishdi[26]. Bundan tashqari, Tabriz tibbiyot fanlari universiteti professori Shamsi Abbasalizoda Haghining dafn marosimida ishtirok etgani uchun lavozimidan chetlatildi[27].
2022-yil 27-dekabrda Aylar Haghi xotirasiga 40 kunlik marosim boʻlib oʻtdi[28]. Marosim ishtirokchilari hukumatga qarshi[29] „Biz hammamiz Aylarmiz, ozodlik talab qilamiz“, „Ozarbayjon uxlamaydi, Aylarning qoni behuda ketmaydi“, „Xomanaiy qotil, hukumat ishonchsiz“, „Diktator oʻlsin“ kabi shiorlarni aytishdi[29]. Marosim davomida Haghining otasi ham nutq soʻzladi[18]. Shundan soʻng xavfsizlik kuchlari marosimga aralashdi va ishtirokchilar bilan xavfsizlik kuchlari oʻrtasida toʻqnashuv yuz berdi[29][30]. Bu paytda xavfsizlik kuchlari ishtirokchilarni tayoqlar bilan kaltaklashdi. Haghining ota-onasi va yana bir necha kishi hibsga olindi[18][29][31].
Merosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aylar Haghining oʻldirilishi Sharqiy Ozarbayjon viloyatidagi norozilik namoyishlarini yanada kuchaytirdi[32][33]. Tabriz, Bonob va Haghi tugʻilgan Malekan shaharlarida kuchli noroziliklar va namoyishlar boʻlib oʻtdi[34][33]. Bu noroziliklar chogʻida bir nechta namoyishchilar hibsga olindi[33][34]. Tabriz Ozod universiteti tibbiyot talabalari ham Haghining oʻldirilishidan soʻng norozilik namoyishlarini tashkil etishdi[35][36][37][38].
2022-yil 28-noyabrda Ozarbayjonda yosh qizlar Eronda ayollar huquqlari uchun kurashayotganlar va u yerda oʻldirilgan ozarbayjonlik qizlar, jumladan Hadis Najafiy, Asra Panohiy va Aylar Haghi xotirasiga flashmob oʻtkazishdi[39][40][41][42]. Flashmob yakunida Aylar Haghi va oʻldirilgan boshqa ozarbayjonliklarning tasvirlari „Biz bilamiz, biz siz bilan birgamiz!“ degan xabar bilan namoyish etildi[43].
2023-yil 20-fevralda Tabriz koʻchalaridagi devorlarga „Aylar Haghi“, „Siz devorlardan shiorlarimizni oʻchirasiz, lekin qon izlarini emas“, „Xomanaiy oʻlsin“ va „Diktator oʻlsin“ kabi shiorlar yozib chiqildi[44][45].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 Ciddi, Behzad; Cavanşir, Lalə; Cabbarlı, Ramin; Bozkurt, Türkan. Iran: Updates on the Human Rights Report on the Azerbaijani Turks in Iran (en). etekyazi.com — 11-bet. Qaraldi: 2023-yil 27-dekabr (2023-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan).
- ↑ „جان باختگان اعتراضهای ایران؛ آیلار حقی "جنبش زن زندگی آزادی را یک انقلاب شهروندی میدید"“ (fa). BBC News فارسی (2023-yil 7-sentyabr). 2023-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
- 1 2 3 4 Ciddi, Behzad; Cavanşir, Lalə; Cabbarlı, Ramin; Bozkurt, Türkan. Iran: Updates on the Human Rights Report on the Azerbaijani Turks in Iran (en). etekyazi.com — 14-bet. Qaraldi: 2023-yil 27-dekabr (2023-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan).
- 1 2 3 „Təbrizdə öyrənci fəal Aylar Həqqi məmurlar tərəfindən öldürülüb“. aznews.tv (2022-yil 17-noyabr). 2023-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
- ↑ Халип, Ирина „Волосы. Три покушения, изгнание, 10 миллионов подписчиков и "Тайная свобода" — история Масих Алинеджад, одной из лидеров иранских протестов“. Новая газета Европа (2022-yil 25-noyabr). 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
- ↑ „Təbrizdə gənc Aylar Həqqi öldürüldü“ (az). Qafqazinfo (2022-yil 19-noyabr). 2023-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-dekabr.
- 1 2 3 „ح مله نیروهای امنیتی به مراسم خاکسپاری آیلار حقی در تبریز؛ پلیس علت مرگ او را هم سقوط از بلندی اعلام کرد - BBC News فارسی“ (2022-yil 18-noyabr). 2022-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
- ↑ فردا, رادیو. „آیلار حقی با "شلیک مستقیم به پشت سرش توسط نیروهای حکومتی" کشته شد“ (fa). رادیو فردا (2022-yil 18-noyabr). 2022-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
- ↑ Dehkordi, Maryam „"They Shot Me, Sister:" The Women Victims Of Iran Protest Crackdown“. iranwire.com (2023-yil 24-fevral). 2023-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
- 1 2 3 4 „Qatilə çevrilən Tehran hakimiyyəti: Arzuları gözündə qalan gənc Ayların ölümü - ŞƏRH + FOTO“ (az). Oxu.Az (2022-yil 19-noyabr). 2023-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
- ↑ „خشم از کشتن کیان پیرفلک؛ معترضان "خانه خمینی" را آتش زدند - BBC Persian“ (fa-IR). BBC News فارسی. 2022-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
- ↑ Cole, Brendan „Who Is Aylar Haghi? Medical student killed during protests in Iran“ (en). Newsweek (2022-yil 18-noyabr). 2023-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
- ↑ فردا, رادیو. „آمنهسادات ذبیحپور به حضور در جلسه بعدی دادگاه سپیده قلیان "ملزم شد"“ (fa). رادیو فردا. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
- ↑ Dalvand, Masoud „Iran's Regime Killed Aylar Haghi Medical Student During Nationwide Protests“ (en). Freedom Star (2023-yil 1-yanvar). 2023-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
- ↑ „Doctor Treating Protesters In Iran Dies In Suspicious Circumstances“ (en). Iran International (2023-yil 29-dekabr). 2023-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
- ↑ Eikdar, Solmaz „"Justice Impossible" For Iranian Medical Student Killed In Protest Crackdown“. iranwire.com (2022-yil 28-dekabr). 2023-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
- 1 2 3 4 5 6 „Təbrizdə keçirilən etirazlarda tibb fakültəsinin tələbəsi Aylar Həqqi öldürülüb“ (az). Voice of America (2022-yil 19-noyabr). 2023-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-dekabr.
- 1 2 3 „آیلار حقی؛ بازداشت پدری که روایت رسمی حاکمیت را زیر سوال برد“. iranwire.com (2023-yil 7-yanvar). 2023-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
- 1 2 Ciddi, Behzad; Cavanşir, Lalə; Cabbarlı, Ramin; Bozkurt, Türkan. Iran: Updates on the Human Rights Report on the Azerbaijani Turks in Iran (en). etekyazi.com — 12-bet. Qaraldi: 2023-yil 27-dekabr (2023-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan).
- ↑ „Təbrizdə tələbə qızın dəfni etiraz aksiyasına çevirildi“. Azadlıq Radiosu (2022-yil 18-noyabr). 2023-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
- ↑ „Iranian protesters chant anti-regime slogans at boy's funeral“ (en-GB). The Guardian (2022-yil 18-noyabr). 2022-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
- ↑ „آیلار حقی بهخاک سپرده شد؛ دختری "پرانرژی و سرشار از شور زندگی" بود“ (fa). صدای آمریکا (2022-yil 18-noyabr). 2022-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
- ↑ „Mahsa Amini gösterilerinde ölen genç kadınının cenazesinde protesto: 'Kahrolsun diktatör'“ (tr-TR). İstiklal gazetesi (2022-yil 18-noyabr). 2023-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
- ↑ „Iran protests: Social media videos show flames at home of late leader Khomeini“. Reuters (2022-yil 19-noyabr). 2023-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
- ↑ „Government Forces Attack Iranian Mourners In Tabriz“ (en). Iran International (2023-yil 29-dekabr). 2022-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
- ↑ Məlikoğlu, Hamid „Aylar Həqqinin qırx mərasimində həbs edilən daha bir məhbusun şəxsiyyəti müəyyən edilib“ (az). Voice of America (2022-yil 31-dekabr). 2023-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
- ↑ Ciddi, Behzad; Cavanşir, Lalə; Cabbarlı, Ramin; Bozkurt, Türkan. Iran: Updates on the Human Rights Report on the Azerbaijani Turks in Iran (en). etekyazi.com — 67-bet. Qaraldi: 2023-yil 27-dekabr (2023-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan).
- ↑ „برپا شدن آیین چهلم آیلار حقی با حضور مردم؛ پدرش صداوسیما را مسوول تحریف موضوع قتل او خواند“ (fa). ایران اینترنشنال (2023-yil 28-dekabr). 2023-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
- 1 2 3 4 „Təbrizdə Aylar Həqinin qırx mərasiminə təhlükəsizlik qüvvələri müdaxilə edib“ (az). Voice of America (2022-yil 27-dekabr). 2023-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
- ↑ „Molla rejimi Təbrizdə Aylar Həqqinin qırx mərasimində Səid Mahmudini həbs etdi“. gadtb.com (2022-yil 28-dekabr). 2023-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
- ↑ „Təbrizdə Aylar Həqqinin 40 mərasimində 10-dan çox şəxs həbs edildi“. dak.az (2022-yil 28-dekabr). 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
- ↑ „Şərqi Azərbaycan vilayətinin Məlikkəndi və Binab şəhərlərində onlarla vətəndaş həbs edilib“ (az). Voice of America (2022-yil 23-noyabr). 2022-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
- 1 2 3 „İran təhlükəsizlik qüvvələri Təbrizdə vətəndaşları həbs etməyə davam edir“ (az). Voice of America (2022-yil 19-noyabr). 2023-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
- 1 2 „Etirazlarda Məlikkəndidə həbs edilən şəxsin taleyindən xəbər yoxdur“ (az). Voice of America (2022-yil 25-dekabr). 2023-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
- ↑ „Güney Azərbaycanda Aylar Həqqinin anım mərasiminin keçirilməsinə icazə verilməyib“ (az). Report İnformasiya Agentliyi (2022-yil 9-dekabr). 2023-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
- ↑ İsmayılov, Sədrəddin „Təbriz Universitetinin tələbələri Aylar Həqqinin qətlinə etiraz olaraq aksiya keçirib“. Report İnformasiya Agentliyi (2022-yil 19-noyabr). 2022-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
- ↑ „Təbriz Universitetinin tələbələri Aylar Həqqinin qətlinə etiraz olaraq aksiya keçirib - Vıdeo“. musavat.com (2022-yil 19-noyabr). 2023-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
- ↑ „В Южном Азербайджане не разрешили провести церемонию поминовения Айлар Хагги“ (ru). Информационное Агентство Репорт (2022-yil 9-dekabr). 2023-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
- ↑ „Bakıda gənc qızlar Güney Azərbaycandakı etirazçılara dəstək fləşmobu keçirib“ (az). kaspi.az. 2023-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
- ↑ „Bakıda gənc qızlar Güney Azərbaycandakı etirazçılara dəstək fləşmobu keçirib“ (az). Report İnformasiya Agentliyi (2022-yil 28-noyabr). 2022-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
- ↑ „Young women in Baku hold flash mob in support of South Azerbaijan protests“ (en). Report News Agency (2022-yil 28-noyabr). 2022-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
- ↑ „В Баку молодые девушки провели флешмоб в поддержку протестующих в Южном Азербайджане (Видео)“ (ru). www.kaspiy.az. 2023-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
- ↑ „Azərbaycanda qadınlar İrandakı etirazlara dəstək fləşmobu keçirib“ (az). Voice of America (2022-yil 28-noyabr). 2022-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
- ↑ „Təbriz divarlarında ETİRAZ ŞÜARLARI – FOTO“ (az). bizim.media (2023-yil 21-fevral). 2023-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
- ↑ „Təbrizdə divarlara etiraz şüarları yazılıb“ (az). visiontv.az. 2023-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.