Ayiq oʻyin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ayiq o‘yindan yoʻnaltirildi)


Ayiq oʻyin (ayiqbozlik) – xalq tomoshalarining bir turi. A.oʻ. Oʻzbekistonda qadimdan mashhur. 19-asrda Buxoroda Ikrom bobo degan atokush ayiqboz oʻtgan. U bir qora ayiq bilan ikki maymun oʻynatgan. Ayiq oʻz egasining aytganini itoatkorlik bilan bajarib, to-moshabinlarga yengilgina oʻkirar, ta’zim qilar, ayiqboz bilan kurashar, maymunlar bilan quvlashardi. Bundan tashqari, u tan-noz ayolning oynaga qarab pardoz qilishi, dangasaning yumalab yotishi, ayolning bola emizishi, kampirning harakatlari kabi kulgili oʻyinlarni bajargan. Shoʻrolar davrida ham anchagacha A.oʻ. davom etib keldi. Mas, asakalik Melivoy Mirsa-idovning ayiq oʻynatishi juda maroqli boʻlgan. 50-yillardan A.oʻ. sirk tomosha-sining tarkibiy qismiga aylandi. Key-ingi yillarda oʻshlik Sherali polvon Oʻtbosarov (1904–85), xorazmlik Rustam Matjonov (1963), namanganlik Ne’mat-jon Mamatovlar (1939) ijodi diqqatga sazovor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil