Aygʻoqchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ayg‘oqchidan yoʻnaltirildi)

Aygʻoqchi, aygʻoq (oygʻoq), ayqoq (turkiycha – guvoh, isbotlovchi, maxfiy xabar yetkazuvchi) – 1) biror shaxs yoki ijtimoiy guruhga qarshi yolgʻon-yashiq ran yoyuvchi, igʻvo, tuhmat qilib kun kechiruvchi past, razil shaxs; 2) turkiy xalqlarda kishilar oʻrtasida sodir boʻlib turadigan janjallarni hal qilishda qatnashuvchi; bir yoki ikki guvohni ham A. deyishgan; 3) oʻrta asrlarda (14–17-asrlar) harbiy safar chogʻida qoʻshin oldida boradigan razved-kachi kichik bir harbiy boʻlinma (yana qarang Ayyor, Razvedka).Amir Temur zamonida A. (ayqoq, aygʻoq) taftishchi ma’nosida ham qoʻllanilgani Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma"sida qayd etib oʻtilgan. Qoʻshin oldida boruvchi razvedkachi boʻlinma xabargiri deb ham atalgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil