Axmatova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Axmatova (taxallusi; haqiqiy fam. Gorenko Anna Andreevna) (1889.11.6, Odessa— 1966.5.3, Moskva viloyati Do-modedovo shahri; Sankt-Peterburgda dafn etilgan) — rus shoirasi. 1910 y.dan aso-san Peterburgda yashagan. Birinchi she’-rlar kitobi "Oqshom" 1910 y.da chiqqan. "Tasbeh" (1914), "Oqgala" (1917), "Bar-gizub" (1921) va boshqa kitoblaridagi she’-rlarida lirik kechinmalar, tanholik tuyg‘ulari ifodalangan. Inqilobiy voqeliqdan uzoq bo‘lsada, A. bari bir muhojirlarni, ya’ni vatangado kishi-larni qoralab she’rlar yozadi ("Men o‘z yerini tashlaganlar bilan birga emas-man...").Bir necha yillar mobaynida A. ijodining yangi qirralari shakllandi, asarlarida Vatan mavzui ustunlik qila boshladi. 30 —40- yillardagi she’rlari-da Vatan, vatanparvarlik mavzulari keng aks etgan ("Oltin kitobdan", 1940; "Tan-langan asarlar", 1944). 2-jahon urushi yillarida Toshkentda yashab, "Toshkent she’rlari" (1944) turkumini yaratgan. "Qahramonsiz poema" (1940 — 62) asa-ri — A. ijodining cho‘qqisi. "Vaqtning tez o‘tishi" (she’riy to‘plam, 1965) ki-tobida A. ijodining o‘ziga xos tomon-lari aks etgan. Sharq, G‘arbiy Yevropa shoirlari ijodidan tarjimalar qilgan ("Koreya mumtoz she’riyati", 1958; "Sharq mumtoz she’riyati", 1969 va boshqalar). A. nazmi umuman badiiy soddaligi, lo‘ndaligi va uslubining oydinligi, obrazlarining aniqligi va odmiligi, chuqur lirikli-gi va musiqiyligi bilan alohida ajralib turadi. She’rlari o‘zbek tiliga tarji-ma kilingan (1966,1969). Toshkentda A. yashab ijod etgan uy o‘rnida qurilgan binoga (Sodiq Azimov ko‘chasi, 54) shoi-ra xotirasini abadiylashtiruvchi lavha o‘rnatilgan (1976).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil