Axmat Narzulloyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Axmat Imidovich Narzulloyev (1956.15.3, Surxondaryo viloyati Denov tumani) — muhandis-texnolog, Oʻzbekiston Qahramoni (2003). Toshkent politexnika institutini tugatgan (1979). Mehnat faoliyatini 1979 yildan Sari-osiyo tumanidagi Shargʻun gʻisht zavodida katta ustalikdan boshlagan. 1981—86 yillarda shu zavod direktori, Denov eksperimental ishlab chiqarish korxonasi direktor oʻrinbosari (1986—90), 1991 yildan Denov tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan "Lochin" fermer xoʻjaligi boshligʻi. Yaylovlari 100 gektar bulgan fermer xoʻjaligida 2000—2003 yillarda koramollar soni 1100 boshdan 1800 boshga yetkazildi. Goʻsht va sut yetishtirishda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Shuningdek, xoʻjalikda zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan molxonalar, sutni qayta ishlovchi kichik zavodlar quriddi. 2000 yilda rentabellik darajasi 63%ni, 2003 yilda 175%ni tashil etdi. N. tashabbusi va koʻmagi bilan hududda bolalar sporti majmualari, zamonaviy vrachlik punktlari va kichik korxonalar qurilishi, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam kabi xayrli ishlar amalga oshiriddi. "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (2001).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil