Axborotni oʻqish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Axborotni o‘qishdan yoʻnaltirildi)


Axborotni oʻqish (kiberneti-kada)–turli xil axborot uzatuvchilaridan kelgan axborotni elektron-raqamli hisoblash mashinalariga kiri-tish uchun moslash. Biror masala haqidagi turli xil axborotlarni. ya’ni dastlab-ki ma’lumotlar, masalani yechish dasturi, masa-la yechimining natijalarini sonlar yoki komanda (buyruq)lar shaklida mashinaga kiritishda foydalaniladi. Axborotni perfolenta (teshik-teshik lentalar) yoki perfokartalar vositasida uzatish usullari keng tarqalgan. Perfokarta oʻrami kirish qurilmasiga solinadi va mashi-na uni navbat bilan tortib, choʻtkalarning kontakt tizimida "paypaslab" koʻradi. Kartaning ayni shu joyida teshik (kar-ta teshigi) bor yoki yoʻq ekaniga qarab, mashinaga elektr signal yuboruvchi kon-takt tutashadi yoki tutashmaydi. Buning ta’sirida mashina xotirasida kod qayd qilinadi. A. oʻ.ning perfokartalardan foydalanishga asoslangan bunday elektr-mexanik usulidan tashqari foto-elementlar yoki fotodiodlar yordamida oʻqish usuli ham bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil