Axaltaka harbiy yurishlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Axaltaka harbiy yurishlari – rus qoʻshinlarining Axaltaka (Turkmaniston) vohasini egallash maqsadida 1879, 1880-81 yillardagi yurishlari (rus manbalarida Axaltaka ekspeditsiyasi deb ataladi). 1869-yil Kras-novodsk (1992-yildan Turkmanboshi) shahriga asos solingach, rus podsho hukumatining turkmanlar yerlarini bosib olish ishtiyoqi kuchaydi. Krasnovodskdan gene-ral Lazarev qoʻmondonligida 20 minglik qoʻshin 1879-yil iyulda Koʻktepaga hujum qiladi. Ruslar katta talofat koʻrib, ortga chekinishga majbur boʻladilar. Bu holdan foydalangan Angliya 1880-yil 10-iyunda Afgʻonistonni oʻziga tobe etdi. Aleksandr II Turkmanistonni bosib olishni M. D. Skobelevga topshirdi. Axaltaka vohasiga yoʻl ochish maqsadida Krasnovodskdan boshlab temir yoʻl qurilishi boshlandi. M. D. Skobelev taka turkmanlar qoʻmondoni Tiqma Sardor nomining mashhurligi, uning botirligi haqida eshitgan edi. U 800 nafarlik qoʻshin bilan Bomi, Yangi qalʼa qishloklariga 1880-yil iyulda kelib Koʻktepa atroflarini oʻrgandi. Otliq turkman toʻdalari hujumlarini qaytarib turdi. 1880-yil 30-noyabrda Koʻktepadan 10 chaqirimcha uzoqda boʻlgan Yaganbotir qelʼasini egallaydi. Taka turkmanlar rus qoʻshinlariga hujum qilib, 3000 bosh tuyani oʻlja tu-shiradilar. M. D. Skobelev Koʻktepa atrofini aylanib chiqib, qalinligi 6 – 8 m li mudofaa devorlarini port-latish uchun bir necha tonna portlatuvchi dori keltirgan edi. Rus qoʻshinlari 8000 nafar boʻlib, 70 dan ortiq zambarakka ega boʻlganlar. Koʻktepa qalʼasi hujum bilan ishgʻol qilingach (1881-yil 12-yanvar) ta-lon-toroj qilish uchun toʻrt kun askarlar ixtiyoriga topshirib qoʻyildi. Qyalʼa mudofaachilari 25 ming nafar (boshqa manbalarga koʻra 45 ming, shu jumladan keksalar, xotin-qizlar, bolalar) boʻlib, ularning bor-yoʻgʻi 5000 pilta miltigʻi bor edi. Qalʼa axdidan biror kishi ham omon qolmagan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil