Axaltaka harbin yurishlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Axaltaka harbin yurishlari – rus qo‘shinlarining Axalta-ka (Turkmaniston) vohasini egallash maqsadida 1879, 1880-81 yillardagi yurishlari (rus manbalarida Axaltaka ekspeditsiyasi deb ataladi). 1869 yil Kras-novodsk (1992 yildan Turkmanboshi) shahriga asos solingach, rus podsho hukumatining turkmanlar yerlarini bosib olish ishtiyoqi kuchaydi. Krasnovodskdan gene-ral Lazarev qo‘mondonligida 20 minglik qo‘shin 1879 yil iyulda Ko‘ktepaga hujum qiladi. Ruslar katta talofat ko‘rib, ortga chekinishga majbur bo‘ladilar. Bu holdan foydalangan Angliya 1880 yil 10 iyunda Afg‘onistonni o‘ziga tobe etdi. Aleksandr II Turkmanistonni bosib olishni M. D. Skobelevga topshirdi. Axaltaka vohasiga yo‘l ochish maqsadida Krasnovodskdan boshlab temir yoʻl qurilishi boshlandi. M. D. Skobelev taka turkmanlar qo‘mondoni Tiqma Sardor nomining mashhurligi, uning botirligi haqida eshitgan edi. U 800 nafarlik qo‘shin bilan Bomi, Yangi qal’a qishloklariga 1880 yil iyulda kelib Ko‘ktepa atroflarini o‘rgandi. Otliq turkman to‘dalari hujumlarini qaytarib turdi. 1880 yil 30 noyabrda Ko‘ktepadan 10 chaqirimcha uzoqda bo‘lgan Yaganbotir qel’asini egallaydi. Taka turkmanlar rus qo‘shinlariga hujum qilib, 3000 bosh tuyani o‘lja tu-shiradilar. M. D. Skobelev Ko‘ktepa atrofini aylanib chiqib, qalinligi 6 – 8 m li mudofaa devorlarini port-latish uchun bir necha tonna portlatuvchi dori keltirgan edi. Rus qo‘shinlari 8000 nafar bo‘lib, 70 dan ortiq zambarakka ega bo‘lganlar. Ko‘ktepa qal’asi hujum bilan ishg‘ol qilingach (1881 yil 12 yanvar) ta-lon-taroj qilish uchun to‘rt kun askarlar ixtiyoriga topshirib qo‘yildi. Qyal’a mudofaachilari 25 ming nafar (boshqa manbalarga ko‘ra 45 ming, shu jumladan keksalar, xotin-qizlar, bolalar) bo‘lib, ularning bor-yo‘g‘i 5000 pilta miltig‘i bor edi. Qal’a axdidan biror kishi ham omon qolmagan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil