Avtosporalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avtosporalar (avto ... va spora) – ayrim yashil suvoʻtlarda hujayra ichida oddiy boʻlinish yoʻli bilan paydo boʻlgan yosh hujayralar (harakatchan sporalar). A.ona hujayra ichida bir necha dona hosil boʻlib, rasmana yetiladi. A.ning koloniya boʻlib yashaydigan turlari ona hujayra ichidayoq yangi koloniyaga aylanadi. Ona hujayra yorilgach mustaqil yashay boshlaydi. A.sirti sellyuloza poʻst bilan qoplangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil