Avtosalon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Avtosalon– avtomobillar yangi modellari namoyish etiladigan va sotiladigan ko‘rgazma (yoki uning bir bo‘limi). O‘zbekistonda A.lar aso-san 1994 yildan boshlab ochila boshlagan. A. larning asosiy qismi O‘zbekiston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasi ("O‘zavtosanoat") va maishiy xizmat tizimidagi "O‘zavtotexxizmat" aksi-yadorlik jamiyatining viloyatlardagi hududiy bo‘linmalariga qaraydi. 1999 yilda O‘zbekistonda 77 A. ishladi. Toshkent shahrida 16 A. ishlab turibdi.A. larda Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan "Neksiya", "Damas" va "Tiko"avtomobillari, shuningdek, "Fiat" (Italiya), "Shevrolet", "Kadil-lak", "Kraysler" (AQSH), "Kartal", "Da-gan", "Iveko", "Karson" (Turkiya) singa-ri xorijda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar, avtobuslar, ularning ehtiyot qismlari va boshqa ham namoyish qilinadi. Ayrim A. larda sotuvga chiqarilgan avtomobillarni sotuv oldi ko‘rigini o‘tkazish, qismlarini sotishga buyurtma qabul qilish, servis va sotuv oldi xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.Baxtiyor Avazov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil