Avtomatik payvandlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avtomatik payvandlash, avtomatik elektr yoyli payvandlash – asosiy jarayonlari mexanizatsiyalashgan elektr yoyli payvandlash. Bunda elektrodni yoyga yaqinlashtirish, yoyni payvandlash chizigi boʻylab surib turish ishlari odam ishtirokisiz bajariladi. Avtomatik payvandlashda elektr yoyda suyuqlanadigan elektrodsim ish-latiladi. Suyuqlanmaydigan volfram elektrod bilan Avtomatik payvandlash usuli ham mavjud, yax-lit elektrod oʻrniga ichiga temir kukuni, legirlovchi va flyus hosil qiluvchi aralashmalar toʻldirilgan naychadan iborat elektrodlardan ham foydalaniladi. Avtomatik payvandlash flyus va himoya gazlari ostida amalga oshiriladi. Agar elektrodni yoyga yaqinlashtirish jarayonini mexanizatsi-yalashtirib, yoyni surib turish jarayoni qoʻlda bajarilsa, bunday Avtomatik payvandlash yarim avto-matik payvandlash deb ataladi. Avtomatik payvandlash pay-vandlash kallagi va payvandlash traktori yordamida bajariladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil