Avtomatik boshqarish nazariyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

AVTOMATIK BOSHQARISH NA-ZARIYASI – texnikaviy kiberneti-kaning turlicha murakkablikdagi va har xil tabiatli jarayonlarni avto-matik boshqarish tizimlari (ABT)ni yaratish ustida ilmiy tadqiqotishlari olib boruvchi bo‘limi. Avtomatik boshqarish nazariyasi n.da haqiqiy ob’ektlar o‘rnida ularning o‘xshash (adekvat) ma-tematik modellaridan foydalaniladi. Unda asosan ikki muammo: ABT taxlili va sintezi ustida tadqiqotlar olib boriladi. Ikki xil boshqarish tizimi, ya’ni ochiq va yopiq boshqarish tizimlari jarayonlarni boshqarish tarzi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Birinchisida boshqaruvchi ta’sirlar jarayonni toy-iltiruvchi ta’sirlardan kelib chiqib, ularning toyilishi farqini kamayti-rishga qaratiladi. Bunday boshqarish tizimining asosiy kamchiligi o‘lchash imkoni bo‘lmagan tashqi toyiltiruvchi ta’sirlarni bartaraf eta olmasligida-dir. Bundan tashkari, ushbu boshqarish tizimlari nobarqaror ob’ektlarni uzoq vaqt davomida boshqara olmaydi.Yopiq boshqarish tizimlari asosida teskari bog‘lanish g‘oyasi yotadi. Bu g‘oya parametrlarning me’yordan chetlashishi bo‘yicha boshqarish prinsipi (yoki teska-ri bog‘lanishli boshqarish) nomi bilan ma’lum. Bu yerda boshqaruvchi parametrlarning talab darajasidan og‘ishi tufayli ularni talab holatiga qaytaruvchi ijro signallari shakllantiriladi. Bunday usulning universalligi nobarqaror ob’yektlarni boshqarishda namoyon bo‘ladi.Avtomatik boshqarish nazariyasi n., xususan, yopiqtizim nazariyasidagi markaziy muammo – bu tizimning 127mustahkamligi. 20-asr 50–60-yillari bunday tizimlarning sintez usullari jadal rivojlangan davr bo‘ldi. Sintez masalasini yechishda sifat mezonini tan-lash asosiy o‘ringa ega. ABT ni sintez qilishning usullari ichida bunday ti-zimlarni invariant va avtonom sintez qilish usullari alohida o‘rin egallaydi. Bu nazariyada sifatni baholashning integral mezonidan foydalanishga asoslangan ABT sintez usuli ustuvor hisoblanadi.Avtomatik boshqarish nazariyasi n.da ifodalanganidek, boshqarishga tengsizlik ko‘rinishida chegara qo‘yilgan nochiziqli ob’ektlarni maqbul boshqarishning sintez masa-lasi, Pontryaginning maksimum qonuni va Bellmanning dinamikaviy dasturlar kabi variatsiya hisobining yangi masalalarini yechishda qisman o‘zgargan usullarning paydo bo‘lishiga rag‘batlantirdi. Maqbul tizimlarning sintez usullari umumlashtirilib, Avtomatik boshqarish nazariyasi n. nisbatan kam tadqiqotlar o‘tkazilgan taqsimlangan parametrli boshqarish tizimlari sin-figa o‘tkazildi.Ayrim boshqarish ob’ektlarida o‘zgarmas matematik modelning aprio-ri (boshlang‘ichi) ABT ni ishlashda yoki uni loyihalashda ob’ektning haqiqiy holatiga noo‘xshash (noadekvat) bo‘ladi.Ko‘pincha, ro‘y berayotgan jarayonning nihoyatda murakkabligi tufayli ma’lum fizikaviy yoki kimyoviy qonunlar asosida boshqarish ob’ektining matema-tik modelini yaratish amaliy jihatdan mumkin bo‘lmaydi. Bu albatta ABT dan foydalanilayotganda o‘lchashga imkoni bo‘lmagan tashqi va ichki toyiltiruvchi parametrlar ularning ko‘rsatkichlarini o‘zgartirib yuborishi natijasidir. Shu sababli, boshqarish ob’ektlarini iden-tifikatsiyalash usullari deb atalgan il-miy yo‘nalish paydo bo‘ldi.Adaptiv boshqarish tizimlarining paydo bo‘lishi aprior axborot kamchi-ligini to‘ldirish imkonini yaratdi va tizim samaradorligini oshirishga olib keldi. Adaptiv boshqarish tizimlari sinfiga taalluqli oddiy yopiq ekstremal rostlash tizimini alohida sinfga aj-ratish mumkin hamda bunday boshqarish masalasi ehtimollik masalasi deb qaraladi. Uni yechish uchun statistik yechim va boshqariluvchi tasodifiy jarayon na-zariyasi usullaridan foydalaniladi. ABTni yaratish ustida olib boriladigan ilmiy va amaliy tadqiqotlar bosqichida uzluksiz (analog) va uzlukli (raqamli) modellash usullari katta ahamiyat kasb etadi.Erkin Yoqubov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil