Avtomat liniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Avtomat liniya – mahsulot ishlab chiqarish dagi hamma amallarni ma’lum texnolo-giya jarayonlariga mos tartibda avtoma-tik tarzda bajaruvchi mashinalar, aso-siy va yordamchi jihozlar majmui. Avtomat liniya mavjud uskunalarni avtomatlashtirish asosida yoki maxsus avtomatlar, yarim avtomatlar va agregat stanoklar qurish asosida vujudga keltiriladi. Avtomat liniya avi-atsiya, avtomobil, traktor zavodlari va boshqa ko‘plab mahsulot ishlab chiqaradigan zavodlarda silindrlar bloki, val, porshen kabi detallar ishlab chiqarishda, yig‘uv jarayonida qo‘llanilmoqda. Mas, Toshkent qishloq xoʻjaligi ma-shinasozligi zavodida, Chirchiq qishloq xoʻjaligi mashi-nasozligi zavodida, Asaka (Andijon)dagi "O‘zDEU avto" korxonasida, "Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi" davlat-aksi-yadorlik jamiyatida Avtomat liniya ishlab turibdi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil