Avtoklav

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avtoklav (avto... va lot. clavis – kalit) – kimyoviy va fizik jarayonlarni(aksari,qizdirish, qaynatishni)yuqori bosimda olib borish, shuningdek tibbiy asboblar va boglov materiallarini sterillash uchun ishlatiladigan apparat.Oziq-ovqat,farmatsevtika,tibbiyot,kimyo sanoatida qoʻllaniladi.Avtoklavda bosim-va temperatura ta’sirida mahsulotni sterillash,pishirish yoki quyultirish mumkin.Uning ichki sirti emal bilan qoplanadi. Qaysi sohada ishlatilishiga qarab avtoklav turli bosim va temperaturada ishlaydi.Odatda avtoklav silindr shaklida boʻladi,ichiga doira shaklli yaxlit bugʻ gʻilofi joylanadi.Avtoklav manometr,termometr va soat bilan ta’minlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil